So’nggi yangiliklar

02:35Ла Лига. "Барселона" "Мальорка" устидан қийин ғалабага эришди  33 02:10АПЛ. "Манчестер Сити" охирги дақиқалардаги гол эвазига "Астон Вилла"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов майдонга тушмади  63 01:10Постекоглу "Тоттенхэм" мавсум охирида клубни тарк этади  2 00:50Никола Лазаревич: “Ўйин охиридаги вазиятларни голга айлантира олдик”  0 00:40Зайниддин Тожиев: "Йигитларда ўзларига ишонч етишмади"  0 00:20Ҳаким Фузайлов: "Вазифани уддалаб бўлдик. Кейинги ўйинда ротация амалга оширамиз, U21 жамоамиздан ўйинчилар жалб қиламиз."  0 00:03Шомуродовнинг голи "Рома"га ғалабага келтирди: А Серия 33-тур якунлари  2 23:59"Жайхун" устози Айбек Нурбаев: "Сарсенбаев ва Эримбетовни бирданига асосий таркибга киритмаймиз"  8 23:25Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Замин" устидан ғалаба қозонган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:34Исломжон Аҳмедов: "Бу ўйиндан катта тажриба олдик. Хато ва камчиликлар устида ишлаймиз"  1 22:20Баҳром Ҳайдаров: "Иккинчи бўлимда тажриба ўз сўзини айтди"  0 21:45U-21 биринчилиги. Бир ўйинда 10та гол, "Бунёдкор" футболчисидан гекса-трик, дербида 10та сариқ: 6-тур якунланди (ТУРНИР ЖАДВАЛИ)  0 21:20Нуньес ёзда "Ливерпул"ни тарк этади. Ҳужумчи 2022 йилда 75+25 миллион еврога сотиб олинганди  3 20:58Гарначо учун тўртта топ клуб даъвогарлик қилмоқда  11 20:37Хулиан Альварес "Атлетико"ни тарк этиши мумкин  8

CHalkash maqola (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

CHalkash maqola (Bekzod Tolibov blogi)

Murabbiylar "SHogirdlarim raqibni o'yindan oldin yutib, keyin maydonga tushishdi" degan jumlani ko'p ishlatib turishadi, eshitgansiz.

Raqibni mensimasdan maydonga chiqish asosan chempionat favoritlari va autsayderlari o'rtasidagi uchrashuvlarda kuzatiladi. "Sensaciya" atamasi sarlavhalarda aynan mana shunaqa o'yinlardan so'ng paydo bo'ladi, kuchli tomon raqibni mensimaganlik uchun ham jazolanadi. Aytaylik, o'zimizning Superliga chempioni "Paxtakor" Pro-ligaga yo'l olgan "Buxoro" bilan o'yinda juda qiynaladi va bahsli vaziyatda urilgan gol evaziga amallab g'alabaga erishadi. Yoki Qarshining "Nasaf" klubi Yaypanda "Turon"ga yutqazib qo'yadi, bo'lib ham golni jamoaning sobiq futbolchisi Xumoyun Murtozaev kiritadi. Mana shu o'yinlardan oldin kimdan so'rasangiz ham hech ikkilanmasdan "Paxtakor" va "Nasaf"ning oson g'alabasi haqida taxmin qilgan bo'lardi. Biroq, bu futbol va ushbu sport turida raqibga bepisand qarasangiz, yakunda hamma narsa bo'lishi mumkin. Ayrim murabbiylar bor, jamoani har qanday raqibga qarshi mukammal tayyorlay oladi. Bazilar esa faqat kuchlilar bilan zo'r o'ynaydi, kuchsizlarga qarshi maydonga chiqqanida taniy olmaysiz, o'zlariga o'xshamay qolishadi. SHunaqa sensacion natijadan so'ng muxlislar orasida "Bugun falonchining o'yini chiqmadi" yoki "Jamoa o'ziga o'xshamadi, murabbiy imzosi yo'q" kabi norozilik aks etgan jumlalar aylanaveradi.

Temur Kapadze o'zbek futbolida nom qozonmagan yosh futbolchilar bilan Superligaga kirib kelganida, to'g'risi men ham jamoani autsayderlar qatorida yurishini prognoz qilgandim. Biroq, ko'zlari yonib turgan yigitlar ilk turlardanoq etarlicha shovqin sola boshlashdi, hammasi biz o'ylagandek emas ekan. Kapadze jamoani har bir uchrashuvga alohida yondashuv bilan tayyorlashi va futbolchilarni g'alabaga ishontira olayotgani ko'rinib turardi. 2022 yilgi mavsumdagi "Olimpik"ning barcha azolari bir-birlariga mos tushib qolishdi. O'sha jamoaning har bir uslubi soat murvatlari aniq mexanizm kabi ishlardi. Bu orada esa kecha hech kim tanimagan yigitlar bugun ko'zga ko'rinib qolishdi va tez orada ularga atrofdan "xaridorlar" ham topila boshladi. Mubolag'a o'rnida jamoa uslubini soat mexanizmiga o'xshatdik. 2023 yilgi mavsum oldidan o'sha mexanizmning ayrim murvatlari olib qo'yildi, natijadagi pasayishga sabab bo'lgan faktorlardan biri shu bo'lishi ham mumkin balki. Ayrimlar jamoa ketma-ket turli turnirlarda ishtirok etgani sababli jismoniy charchoq bilan bog'lashadi, bu ham bo'lishi mumkin albatta.

Bitta yaxshi jamoa shakllantirish uchun kamida bir yil vaqt zarur bo'ladi. Murabbiylar shu muddat davomida har bir futbolchining potencial imkoniyatlarini chamalab oladi. Masalan, kimning imkoniyati qaysi jihatdan ustunroq yoki kim qaysi chiziqda foydaliroq, ana shu savollarga oydinlik kiritiladi. Jamoa bo'yicha endigina to'liq tahlilga ega bo'lgan murabbiydan 3-4 ta futbolchini olib qo'ysangiz, "Olimpik" kabi qaysidir mexanizm ishdan chiqadi, ko'ngildagidek ishlamay qo'yadi. SHu o'rinda har mavsum jamoasini o'zgartirib yuradigan ko'chmanchi futbolchilarga sizdan va bizdan alangali salom yo'llab qo'yamiz.

Kuzatib borayotgan bo'lsangiz, har chempionat yakunida "Nasaf"dan etakchi futbolchilar transfer qilinardi, bu albatta klub siyosati. Nomi chiqqan, ko'zga ko'rinib qolgan futbolchilarni boshqa jamoalarga sotish orqali klub qanchadir miqdorda mablag' ishlab olardi. Aslida boshqa klublar ham shunday yo'ldan borsa bo'ladi, biroq buning uchun sizda ketganning o'rnini to'ldira oladigan, akademiyadan etishib chiqqan yosh futbolchi varianti bo'lishi qatian shart. Aks xolda jamoa natijalari pasayib ketadi yoki transfer qilingan futbolchining o'rniga yanada qimmatroq narx bilan falon futbolchini olib kelishingizga to'g'ri keladi. Har bir futbol klubida o'z akademiyasining bo'lishi naqadar muhim ahamiyatga ega ekaniga yuqoridagilar isbot bo'lsa ajab emas.

Yana bir gap, katta mablag' evaziga jamoaga olib kelinayotgan futbolchiga natijadan ko'ra klub tomonidan beriladigan oylik-maoshning summasi qiziqroq bo'ladi. O'sha futbolchida jamoaga akademiyadan etishib chiqqan yosh futbolchi kabi mehr bo'lmaydi, buning uchun vaqt kerak. Jamoaga moslashib olishi, barchasini o'z uyi kabi his qilib olishi uchun oradan malum bir muddat o'tishi zarur, agar bunga fursat bo'lsa. SHuni ham unutmang, pul uchun kelganning katta pul taklif qilgan boshqa tomonga jo'nab qolishi ehtimoli ham yuqori bo'ladi. Dono xalqimizda "Beli og'rimaganning non eyishini ko'r" degan yaxshi naql ham bor. Jamoaning asosiy o'zagini saqlab qolmasdan har mavsum tayyor yangi nomlarga etibor qarataveradigan murabbiylarga ham salom yo'llaymiz, ishlashdan charchamasinlar. "Natijaga men javob beraman" deb klub yoshlariga etibor qaratmanglar, kimnidir kashf qilmanglar, tayyor pulga tayyor futbolchini olib kelib o'ynataveringlar. O'zbek futbolida transfer oynasi davridagi o'zaro kurash chempionatning o'zidan ham qiziqroq bo'layapti, to'g'risi.

Boshi va oxiri bir-biriga mos kelmayotgan chalkash maqolada qiziq statistika ham bor. Ortda qolgan 2023 yilgi mavsumda bitta o'yinda raqib darvozasiga eng ko'p gol urgan jamoa sifatida Namanganning "Navbahor" klubi tarixda qoladigan bo'ldi. Samvel Babayan shogirdlari bir emas, ikkita o'yinda raqib darvozabonini 5 martadan ranjitishning uddasidan chiqishgan. Boshqa hech bir jamoa bitta o'yinda 5 ta gol ura olmadi. Gap "Navbahor" ishtirokidagi qaysi o'yinlar haqida ketayotganini "Fikrlar bo'limi"da siz aytarsiz balki.

Bekzod Tolibov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика