So’nggi yangiliklar

19:55Азмун БАА клубига ўтади  0 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  0 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  1 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  4 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   1 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  4 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  26 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  2 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2

O'zbek futbolida faoliyati eng uzoq davom etgan legioner futbolchilar haqida bilasizmi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

O'zbek futbolida faoliyati eng uzoq davom etgan legioner futbolchilar haqida bilasizmi? (Bekzod Tolibov blogi)

Milliy chempionatlarimizda bugunga qadar juda ko'plab legioner futbolchilar o'ynashgan va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Quyida biz siz bilan o'zbek futbolidagi faoliyati eng uzoq davom etgan legioner futbolchilar haqida so'z yuritamiz.

Akmal Xolmatov (Tojikiston)

1996 yilda Yuriy Sarkisyan boshqaruvidagi "Neftchi" safiga Tojikistonning "Regar TadAZ" klubidan kelib qo'shilgan Akmal Xolmatov o'zbek milliy chempionailarida jami 21 yil davomida o'ynagan. Farg'ona klubi safida 1996 yildan 2007 yilga qadar o'ynagan tojikistonlik futbolchi 2008 yilda "Paxtakor"ga ko'chib o'tgan. Toshkentliklar tarkibida 2 yil mobaynida o'ynagan Xolmatov 2010 yilda Xamadonning "PAS" klubiga transfer qilinadi. Eron chempionatidagi ikki yillik faoliyatidan so'ng futbolchi Toshkentga keladi va "Lokomotiv" klubi tarkibiga qo'shiladi. 2014 yilda yana "Neftchi"ga qaytgan Xolmatov jamoada ikki davomida o'ynaydi. 2016 yilda bir muddat Tojikistonning "Istiqlol" klubida o'ynaydi va shu yilning o'zidayoq yana "Neftchi" tarkibiga qaytadi. SHuningdek, u milliy chempionatlarimizda 2017 yilda "SHo'rtan", 2018 yilda "Iftixor" va 2019 yilda "RashMilk" klublarida ham o'ynagan. Ketma-ket hisoblab ko'rsak, Akmal Xolmatov o'zbek futbolida jami 20 yildan ko'proq vaqt mobaynida harakat qilgan ekan.

Artur Gevorkyan (Turkmaniston)

Turkmanistonlik legioner futbolchi Artur Gevorkyan o'zbek milliy chempionatlaridagi ishtirokini 2007 yilda G'uzorning "SHo'rtan" klubida boshlaydi. Turkmanistonning "Ashxobod" klubidan kelib qo'shilgan futbolchi "SHo'rtan"da 3 yil davomida o'ynaydi va 2010 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubiga transfer qilinadi. "SHer"lar safida 1 yil davom etgan faoliyatidan so'ng Gevorkyan 2011 yilda "Nasaf"ga ko'chib o'tgan. Jami 5 yil mobaynida qarshiliklar safida o'ynagan legioner futbolchi 2016 yilda Toshkentning "Lokomotiv" va 2017-2018 yillarda Navoiyning "Qizilqum" klublari safida harakat qilgan. Siz ham hisob-kitob qilib ko'rgandirsiz, Gevorkyanning milliy chempionatlarimizdagi faoliyati jami 11 yil davom etgan.

Dragan CHeran (Serbiya)

Milliy chempionatlarimizda bir necha mavsumlardan buyon to'purarlik salohiyatini namoyish etib kelayotgan serbiyalik legioner futbolchi Dragan CHeran 2016 yilda "Nasaf"ga SHimoliy Makedoniyaning "Vardar" klubidan kelib qo'shilgan. Qarshiliklar safidagi 2 yillik muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng 2018 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubi safiga ko'chib o'tgan. Yillar kesimida hisoblab ko'rsak, Dragan CHeran milliy chempionatlarimizda ketma-ket 8 mavsumdan buyon o'ynab kelmoqda.

Kaxi Maxaradze (Gruziya)

O'zbek futbolida legioner sifatida uzoq muddat faoliyat olib borganlardan yana biri Kaxi Maxaradze hisoblanadi. Gruziyalik futbolchi milliy chempionatlarimizdagi faoliyatini 2009 yilda Toshkentning "Lokomotiv" klubida boshlangan. 2009-2010 yilgi mavsumlarda ushbu klubda o'ynagan Maxaradze 2011 yilda Toshkentning yana bir klubi - "Paxtakor"ga o'tadi va bu jamoa safida 2015 yilgacha harakat qiladi. Kaxi 2016 yilda yana sobiq klubi "Lokomotiv"ga qaytgan. 2016-2018 yillada "temiryo'lchilar" tarkibida o'ynagan Maxaradze 2019 yilgi mavsumning Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga ko'chib o'tgan. Gruziyalik futbolchi 2020 yilda "Lokomotiv"ga qaytgan va shu mavsumda milliy chempionatlarimizdagi faoliyatini yakunlaydi. Kaxi Maxaradzening o'zbek futbolidagi faoliyati jami 12 yil davom etgan.

SHuningdek, yana bir necha nafar legioner futbolchilar ham o'zbek futbolida faoliyat ko'rsatishgan yoki ko'rsatib kelishmoqda. Jumladan turkmanistonlik Gochkuli Gochkuliev ham 6 yil davomida milliy chempionatlarimizda o'ynagan. Yana serbiyalik legioner futbolchi Yovan Jokich ham 6 yildan buyon o'zbek futbolida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Umumiy hisob-kitoblarga tayansak, bugunga qadar o'zbek futbolida eng ko'p vaqt davomida o'ynagan futbolchi Akmal Xolmatov bo'lib turibdi. Futbolchining milliy chempionatlarimizdagi faoliyati jami 20 yilu 6 oy mobaynida davom etgan.

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
25 iyu 17:13:53
Озод Ачилов
Косонсойчи1991FCRM_04 foydalanuvchining fikriga javob berish
У граждан Узбекистан буганку
Bilaman. Xolmatov ham olgan fuqarolik.
   
25 iyu 14:47:56
Косонсойчи1991FCRM_04
Озод Ачилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Igor Golbanni ham bu ro'yxatga qo'shsa bo'ladi.
У граждан Узбекистан буганку
   
25 iyu 12:12:33
Kambaraliev
Акмал Холматов футболга кизикишимга сабабчи футболчи. 2004-йил Нефтчи-Пахтакор ойнида штрафдан чройли гол урган ва ошандан буйон хам нефтчига хам футболга фанатман
   
25 iyu 11:45:42
Rasul Matkarimov
Uzbek klublariga bitta tavsiya Turkmaniston Terma jamoa azosi Mirza Beknazarov Degan oyinchi bor juda istedodli yigit yoshiyam yo 23yoshda yoki 24 katta maoshgayam oynamidi lekin Qaysi klub olsa yutqAzmaydi shu bolani Estoniya Narva Trans Safida xam oynagan
   
25 iyu 11:15:07
Озод Ачилов
Igor Golbanni ham bu ro'yxatga qo'shsa bo'ladi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика