"Bavariya" prezidenti: "Nagelsmann bilan so'nggi yillardagi muvaffaqiyatli trendimizni davom ettira olamiz"
27 apr 2021 22:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/634040_original.jpg)
![](/upload/storage/634040_220.jpg)
"Bavariya" prezidenti: "Nagelsmann bilan so'nggi yillardagi muvaffaqiyatli trendimizni davom ettira olamiz"
"Bavariya" prezidenti Xerbert Xayner yangi mavsumda jamoani boshqaradigan Yulian Nagelsmann haqida fikr bildirdi.
"Yulian Nagelsmann - yangi avlod murabbiylarining eng yaxshi vakillaridan biri hisoblanadi. Yosh bo'lishiga qaramasdan u o'zining faoliyati bilan barchaning ko'zini quvontirmoqda.
Yulian bilan so'nggi yillardagi muvaffaqiyatli trendimizni davom ettirishimizga ishonaman. SHu orqali "Bavariya"ni boshqarib kelgan Xansi Flikka o'z minnatdorligimni bildiraman. 2019 yilda qiyin vaziyatda jamoani qabul qilib olgan bo'lishiga qaramasdan, 6ta sovrinni qo'lga kiritdik.
Yaqin vaqtlar ichida ettinchi sovringa ham ega chiqamiz. Uning kelgusi faoliyatiga faqat va faqat omad tilayman", - dedi Xayner.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar