Bahrom Hakimov: “Xotira uchrashuvlarini faqat futbol emas, sportning boshqa turlari bo'yicha ham o'tkazish kerak”
10 may 2014 11:23
Yangiliklar
Bahrom Hakimov: “Xotira uchrashuvlarini faqat futbol emas, sportning boshqa turlari bo'yicha ham o'tkazish kerak”
Buvayda tumanida tashkil etilgan xotira uchrashuvidan so'ng shu kuni Farg'ona viloyati faxriylar jamoasiga bosh murabbiylik qilgan Bahrom Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Xotira va qadrlash kuni bilan barchani tabriklayman. O'tganlarni Yaratgan egam o'zi oxiratlarini obod qilsin. Qolganlarga uzoq umr va sihat salomatlik tilayman. Bugun nafaqat Yangiqo'rg'on shaharchasida balki mamlakatimizning boshqa shahar va qishloqlarida mana shunday xotira turnirlari tashkil etilganiga shubham yo'q . Bu orqali futbolimiz ravnaqiga hissa qo'shgan marhumlar eslanadi.
- Mana bugun Yangiqo'rg'onga taniqli shaxslar tashrif buyurdi. Ularning orasida o'z vaqtida etuk futbolchi sifatida muxlislar qalbidan joy olgan bir qator sobiq futbolchilar borligi ishqibozlarda katta qiziqish uyg'otdi. Ularga taklifimizga rad javobini bermay, tashrif buyurganlari uchun minnatdorchilik bildirib qolaman.
- Istardimki bunday xotira uchrashuvlarini boshqa joylarda ham bu yil qilinmagan bo'lsa, kelasi yil faqat futbol emas balki sportning boshqa turlari bo'yicha ham o'tkazilishini.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar