So’nggi yangiliklar

18:02Расман: "Қизилқум" черногориялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 17:33ПСЖ футболчиси Моуриньюнинг қўнғироғи сабаб Англияга эмас, Туркияга кетмоқда  1 16:59"Барселона" футболчиси 5:4 ҳақида: "Бу фаолиятимдаги энг даҳшатли ўйин"  10 16:31Сречко Катанец: "Терма жамоада нималар қилганимизни ва қандай ютуқларга эришганимизни билишингиз керак"  42 16:05Ҳусановнинг агенти: "Биз билан АПЛнинг 12 клуби алоқага чиқди"  11 15:06БМБ 14 та гол урган ва учинчи бор чемпион бўлган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:34Расман: "Боруссия Д" бош мураббийни истеъфога чиқарди  4 14:03"Реал" ёки "Барселона"да ўйнаш? Холанд жавоб берди  28 13:35МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   41 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖнинг янги мураббийи эртага Қатарга учиб кетади  179 12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  285 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   17 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0

Bahodir Ahmedov: "Quvaytga qarshi uchrashuv biz uchun final bo'ladi" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Quvaytga qarshi uchrashuv biz uchun final bo'ladi"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov, jamoa Osiyo chempionatining yarim finalida Erondan yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganidan fojia yasash kerak emasligini takidlab o'tdi.
Uchrashuvdan so'ng, Ahmedov jurnalistlar savollariga javob qaytardi. Ushbu savollar va terma jamoamizning bosh murabbiyi bergan javoblar quyida keltirilgan.

- Bugungi o'yinga qayday tarif bera olasiz?
- Bunday yirik hisobda mag'lub bo'lish juda alamli. Lekin yigitlarning hech birini yomon o'yinda ayblay olmayman. Bugun ular qo'ldan kelguncha harakat qilishdi. O'ylashimcha, nafaqat Osiyoning balkim dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatoriga kiradigan Eronni musobaqada ishtirok etayotgan hech qaysi jamoa  bugun to'xtata olmasdi.

- Jamoangizning musobaqadagi ishtirokidan ko'ngliz to'ldimi?
- Umuman olganda, biz yomon natijaga erishganimiz yo'q. Osiyoda kamida to'rtlikka kirdik. Bundan tashqari bizni Quvayt bilan bo'lgan uchrashuv kutib turibdi. Biz uchun aynan shu bahs final darajasidagi o'yin bo'ladi. Ha, xayron qolmang, goho bazi narsalarga obektiv qarash kerak. Biz bugun Eronni yuta olmasdik, bu narsa birinchi daqiqalardan yaqqol ko'rinib qoldi. SHu sababdan, maydonga ko'proq yosh va tajribasizroq o'yinchilarni tushirib, ularga juda katta tajriba maktabini o'tab beradigan o'yinda sinadik. To'g'ri, biz 10ta gol o'tkazib yuborishni xohlamagan edik, ammo raqib o'ta kuchli o'yin namoyish etdi va buni tan olish kerak. Bundan tashqari, asosiy futzalchilarimizni biz Quvayt bilan bo'ladigan o'yinga saqlab qolishga harakat qildik. Quvaytni mag'lubiyatga uchratsak, bu bronza medallaridan tashqari, O'zbekistonga kelasi Osiyo chempionatidan oldin jamoalarni savatlarga taqsimlanayotgani paytida ham juda katta foyda beradi.

- Jamoangiz tarkibida yosh futzalchilar ko'pligiga ko'zimiz tushdi. Musobaqaga yoshlar bilan kelishdan nima maqsad ko'zlagan edingiz?
- Bu futzalchilar bizning kelajagimiz. Ularni hozirdan boshlab ikki yildan so'ng bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorlayapmiz. Aynan o'sha musobaqaga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rilishi kerak, chunki 2 yildan so'ng Osiyo chempionatining yarim finalchilari qatoriga kirish va Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'lish, bizning asosiy vazifalarimizdan biri.

- Quvaytga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rmoqchisiz?

- Ertaga mashg'ulot o'tkazamiz. Xatolarimizni o'rganib chiqib, keyingi o'yinga jiddiy etibor qaratamiz. Biz 3-o'rinni egallab, O'zbekistonga medal bilan qaytamiz deb umid qilaman.

- Finalda qaysi jamoa yutadi deb o'ylaysiz?

- Bashorat qilish murabbiyning ishi emas. Yaponiyaga ham Eronga ham finalda omad tilayman.  

Manba: www.ufa.uz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика