So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Ayollar va bolalar futboli rivoji, undagi kamchiliklar va qilinayotgan ishlar to'g'risida futbolchilikdan to'g'ri murabbiylikka qadam qo'ygan SHerali Babakulov bilan intervyu Yangiliklar

Ayollar va bolalar futboli rivoji, undagi kamchiliklar va qilinayotgan ishlar to'g'risida futbolchilikdan to'g'ri murabbiylikka qadam qo'ygan SHerali Babakulov bilan intervyu

Yoshligimizdagi futbolni hammamiz o'zimiz uchun qiziq deb bilamiz, o'sha davrlarni eslab bir daqiqaga bo'lsa ham ortga qaytgimiz kelaveradi.

CHindan ham bolalar futboli qiziq, murosasiz, go'yo mahalla futboli kabi. Evropadami yoki o'zimizdami farqi yo'q, ayollar o'rtasidagi futbol bahslarni ham qiziqligi, gollarga boy o'tishini ko'ramiz, bilamiz. Bugun o'z faoliyatini futbolchilikdan boshlab, bolalar futbol maktabida ishlab, hozirgi kunda ayollar futbolida o'z obro'-etiboriga ega bo'lib ulgurgan taniqli mutaxassis SHerali Boboqulov bilan intervyu qildik. Mutaxassisning faoliyati, siz va biz sevuvchi millionlar o'yinining ayrim muammo hamda kamchiliklari haqida suhbatlashdik.

- SHerali aka assalomu alaykum. Intervyuga rozilik berganingiz uchun rahmat.

- Vaalaykum assalom, sizga ham taklif uchun rahmat!

- Bilishimcha, futbolchilik faoliyatingizni 2008 yilda jarohat sabab yakunlagan ekansiz. Bu qanday sodir bo'lgan? Qaysi jamoalarda o'ynagansiz, o'zi umuman futbolga kirib kelishingiz haqida gapirsangiz…

- Inson tug'ilib, aqlini taniganidan so'ng qaysidir kasbni egasi bo'lishi kerak. O'sha vaqtlarda ko'cha-ko'yda, mahallada futbol o'ynab bu sportga mehrim oshgan va futbolda nimadir qila olishimni his qilganimdan so'ng Bekoboddagi bolalar futbol maktabiga borganman. Birinchi murabbiyim – Mahmud aka Holmatov. SHu insonning qo'lida 1994-yillari talim olganman, keyin esa 1997-yilda Toshkentdagi hozirgi Respublika olimpia zaxiralari kollejiga imtihondan muvaffaqiyatli o'tib, Bahodir aka Toshmuhammedov va rahmatli Isoq aka Toshmuhammedov qo'l ostida 4 yil o'qiganmiz, mashg'ulot qilganmiz va futbolning sir-asrorlarini o'rganganmiz. Keyin 2001-yil “Metallurg”dan taklif bo'lgan va jamoaga borib qo'shilganman. Dastlab o'rinbosarlar tarkibiga. Dastlab u erda o'ynab, adashmasam 2006-2007-yillarda Birinchi ligada OTMK jamoasida o'ynaganman. Orada malum vaqt Tojikistonning “Xo'jand” jamoasida 1 yil o'ynaganman. O'zbekiston Oliy ligasida jami 7 ta bahsda ishtirok etganman. Bilasiz, futbolda raqobat, jarohat degan narsalar bor. Orada jarohatlar ham bo'lgan. 2008-yili eski jarohatimni tiklab, raqobatga kirishib ketishimga ko'zim etmagani uchun futbolchilik faoliyatimni tugatganman. O'sha paytdagi klub rahbariyati, rahmatli SHamil aka Talipov taklifi bilan “Metallurg” bolalar futbol klubiga murabbiy bo'ldim.


- Biroz muddat avval, Jizzaxning “So'g'diyona-W” jamoasida bosh murabbiy bo'lib ish boshladingiz. Ilgari 2018-2019-yillarda mazkur klubga ustozlik qilgansiz. Jamoaga qaytish taklifi qanday bo'ldi?

- 2008-yildan bolalar futbolida ishlagan bo'lsam, 2012-yil dekabr oyida rahbariyat tomonidan O'zbekistonda ayollar jamoalarini tashkil etish bo'yicha qaror chiqqach, Bekabodda ham “Metallurg-W” jamoasi tashkil etildi va meni murabbiylikka taklif etishdi. Keyinchalik 5 yil davomida ushbu jamoani boshqardim va aytishim mumkin, juda ham muvaffaqiyatli bo'lgandi ishim. 2013-2017 yillardagi davrda chempionatda bronza, kumush va oltin medal. O'zbekiston kubogi, O'zbekiston Superkubogi sohibi bo'lganmiz. 2017-yil oxirida jamoa rahbariyatida o'zgarishlar bo'ldi va jamoa bilan men ham yaxshi notada xayrlashdim. Ikki hafta o'tib “So'g'diyona”dan taklif tushdi. Jizzaxda ham ayollar jamoasini tashkil etish va raqobatbardosh jamoa shakllantirish aytildi. 2018-yil jamoani qabul qilib oldim va asosan Jizzaxlik qizlar hamda boshqa hududlardagi jamoasiz qizlar bilan jamoani shakllantirdim. Dastlabki mavsumdayoq chempionatda 6-o'rinni egallaganmiz va O'zbekiston kubogida finalgacha etib borganmiz. 2019-yilda jamoa 3-o'rinni qo'lga kiritdi. 2020-yilda aytarlik o'yin bo'lmadi va men o'tgan 2 yil davomidagi natijalarga qarab jamoa to'g'ri yo'lda deb bilaman.

- “Metallurg-W” jamoasini champion qila olgansiz. “So'g'diyona-W” bilan birinchi yil ishlaganingizda O'zbekiston kubogi finalida “Sevinch”ga mag'lub bo'lgansiz. Nima etishmadi deb hisoblaysiz o'sha paytda? Iroda yoki tajriba?

- Albatta tajriba. Irodamiz hisobiga finalgacha etib borganmiz, finalda esa “Sevinch” bilan o'yinda 31-daqiqada gol o'tgazgunimizcha bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo'lgandi. Umumiy qilib aytganda bu mag'lubiyatni tajriba kamligiga yo'ygan bo'lardim, iroda emas.

- Intervyularingizning birida «Bekobodda bir necha yillar davomida futbol maktabida ishladim. Ushanda 12 nafar tarbiyalanuvchim “Metallurg” yoshlar ligasida o'ynadi» deya takidlagansiz. Bolalar futboli darajasini siz oz-moz bo'lsada bilasiz, o'sha siz aytgan davrdagi holat bilan, hozirgi holatni solishtirib ko'ringchi, qay darajada o'zgarishlar bor?

- O'sha vaqt bilan hozirgi davrdagi holat o'rtasida osmon bilan ercha farq bor. CHunki hozirgi bolalar futboli uchun berilayotgan etibor, yaratilayotgan sharoit avvalgiga qaraganda bir necha bor o'sgan. 2008-2012 yillarda ishlaganman, sharoitni achinarli desam qo'pol bo'ladi, ochig'i kun ko'rib yashaganmiz desam ham bo'laveradi. Hozirgi qilinayotgan ishlar, musobaqalarga tayyorgarlik, sport jihozlarida farq katta. Akademiyalar chet davlatlariga chiqib musobaqlarda qatnashishi ham bunga misol. O'FA rahbariyatining ishlari, hududiy associaciyalarga qilayotgan etibori yaqin yillar ichida o'zining mevasini beradi deb umid qilaman.

- Ayollar futboli rivoji uchun qizlar futbol maktabi bo'lishi zarur deb hisoblaysizmi?

- Albatta bu har bir o'zini oldiga yuqori maqsadni qo'ygan klub va har bir o'z oldiga maqsad qo'ygan murabbiyning maqsadi deb bilaman. Bu narsaga biz murabbiylarining ham tashabbusi kerak. Barcha jamoa murabbiylari o'zi ishlayotgan klub qoshida ayollar futbol maktabiga asos solishni, maktabdan zaxiraga ega bo'lib, malum vaqtdan so'ng asosiy jamoaga futbolchi etishib chiqsa bu to'g'ri bo'ladi. Aslida ayollar futbolida eng katta muammo bu – zaxira. Erkaklar futbolida bunday muammo yo'q, ularda tanlash huquqi ko'p. Sababi ularda U-21, U-18 va futbol maktablari bor. Masalan ayollar chempionatida umumiy 240-250 nafar futbolchi bo'lsa, yuqori tajribalilar 100-150 nafar bo'lish mumkin. Oddiy misol, “So'g'diyona-W” jamoasida 5-6 nafar qiz keying yili turmushga chiqadigan bo'lsa ularning o'rnini to'ldirish uchun muammoga duch kelamiz. Ayollar futbol maktabi bo'lishi, bu ishlar tizimli bo'lishi albatta moliyaga taqaladi. O'FA rahbariyati bu narsani har bir jamoaga shartli qilib, reglamentda belgilab qo'ysa bu faqat foydali bo'ladi, menimcha. Ayollar futboli to'xtab qolmaydi. Bir futbolchi 10 yilmi, 8 yilmi o'ynashi mumkin. Erkaklarda esa bir futbolchi 20 yoshdan 35 yoshgacha o'ynashi mumkin bo'lsa, bu erda vaziyat boshqacha. Kimdir yaxshi formada 3 yil o'ynasa keying yil turmushga chiqib qolishi mumkin. O'zimiz ham bu borada harakatdamiz.


- O'zbekistonda bu borada ishlar bo'lyaptimi? Yani aynan qizlar futbol maktabi borasida?

- Bu narsaga dastlabki qadamlarni Qarshining “Sevinch” jamoasi qo'ygan. Tizim juda ham to'g'ri deb bilaman. “Sevinch”dagi hozirgi sharoitlar shu narsani taqazo etadi. Bu jamoaga biriktirilgan o'z qarorgohi – “Geolog” stadioni bor. Ularning shaxsiy stadioni desam ham bo'ladi. U erda sport zal, cho'milish havzasi bor. SHunday sharoit bo'lgandan keyin 2-3 murabbiyni ishlatish ular uchun muammo ham tug'dirmaydi. Undan tashqari O'zbekistonda AGMK jamoasida ham ayollar bolalar futbol maktabi mavjud. Bilmadim, balki boshqalar ham harakatdadir biroq o'zimga malum bo'lganlarini aytdim. Men bu narsani juda ham achinarli deb bilaman. Holat bo'yicha O'FA rahbariyatidan ko'mak kutib qolamiz. Biz maktablarga muhtojmiz, axir bizda ham yoshlar, milliy terma jamoalar bor.

- “So'g'diyona-W”da bu borada nima gaplar? Qanday harakatlar ketyapti, qanday yangiliklar bor?

- Viloyatimiz hokimi, Jizzax futbol associaciyasi prezidenti Ergash Alibekovich Saliev hamda “So'g'diyona” rahbariyati tomonidan jamoamizning kelajakda musobaqalarda yaxshi ishtirok etish uchun uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng bizga Amerikalik investor, “SILVER LEAFE” Agro klaster kompaniyasi rahbari Den Petterson bizga homiy sifatida birikirildi. Iyul oyidan boshlab jamoa o'z titul homiysiga ega bo'ldi. Hozirda biroz rasmiyatchilik ishlari qolgan. Jamoa o'z brendi ustida ishlamoqda. Hatto jamoa o'z logotipini o'zgartirishdan ishni boshlagan. Undan tashqari “So'g'diyona-W” uchun alohida web-sayt, hodim hamda futbolchilar uchun maxsus kiyimlar. Bu narsani rasmiy ravishda ham elon qilamiz. O'z qarorgohimiz bo'yicha ham taklif bor, bu yaqin yillar ichida erishamiz deb umid qilaman. Homiyimizning ham sportga qiziqishi yuqori. Tez orada “So'g'diyona-W” jamoasi nafaqat O'zbekiston, balki Osiyoda ham o'z o'rniga ega, raqobatbardosh jamoa bo'ladi. Yashirmayman, pandemiya, karantin davrida moliyaviy qiyinchiliklar bo'ldi, va endi bu holat yaxshilanadi deb o'ylayman. Oylik maoshlar bo'yicha ham muammolar bosqichma-bosqich hal etilib kelinmoqda.


- Koronavirus pandemiyasi futbolga ham tasir qildi. Klublarning asosiy jamoalari, yani erkaklar futbolidagi jamoalari o'rtasida chempionat davom etyapti. Ayollar futboli esa hozir tanaffusda. Bu qanchalik darajada to'g'ri qaror, nima deb o'ylaysiz, endi rivojlanayotgan ayollar futboli uchun bu holat teskari reakciya berib yuborishi ham mumkinmi?

- Agar pandemiya bo'lmaganida ayollar futboli o'z yo'nalishida ketaverardi. Biroq biroz hadik bo'ldi, sababi moliya bilan bog'liq. Iqtisodiyotimiz o'zi bilan o'zi kurashayotgan vaqtda hech kimning ko'ngliga futbol sig'maydi. Erkaklar jamoalarining ayrimlarida ham moliyaviy muammolar kuzatildi. Ular ham asosiy tarkib, akademiyalarini saqlab qolishga harakat qiladi. Bizni xavotirga solgan jihat bu umuman yo'q bo'lib ketishmas, chempionat o'tkazilmasligi. Rivojlanish to'g'risida sizga ishonch bilan aytishim mumkin bo'lgani O'FA va PFL rahbariyatining ayollar futbolga qilayotgan etibori, ishonchi, qilayotgan ishlarini ko'rib rivojlanmay qolishdan, yo'lda to'xtab qolishdan hadik yo'q. Oddiy misol, Zominda bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogiga PFL rahbari ham kelib ko'rdi. Bu holat ayollar futbolida bo'lgan yoki yo'qligini bilmayman. Hatto intervyularidan birida kelasi yil chempionatda o'rin olgan jamoalarga pul mukofotlari ham berilishini takidladi.

- Agar oltin baliq tutib olganingizda mamlakat futboli uchun undan nimani so'ragan bo'lardingiz?

- (o'ylanib turib…) Avvalo ayollar futboli bo'ladimi, bolalarnikimi yoki erkaklarniki avvalo tizimli bo'lsa. Har bir jamoalarimizda infratuzilma bo'lsa, o'z qarorgohlari bo'lsa, malakali mutaxassislar bo'lsa… Agar chindan ham oltin baliq ushlab olsam shu narsalarni so'ragan bo'lardim.


Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика