So’nggi yangiliklar

15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3

Arxiv: CHeranning benefisi, "boshsiz chavandoz" va SHorahmedovning alami, O'zbekiston kubogi-2019 finalini yodga olamiz Yangiliklar

Arxiv: CHeranning benefisi, "boshsiz chavandoz" va SHorahmedovning alami, O'zbekiston kubogi-2019 finalini yodga olamiz

Futbol olamida yuzaga kelgan tanaffus sabab "Championat.asia" arxiviga murojaat qilishda davom etamiz.

O'tgan mavsum mamlakatimizda futbol bo'yicha bo'lib o'tgan uchta yirik ichki musobaqani yodga olishni maqsad qilgandik. Kecha tarixda ilk bor o'tkazilgan O'zbekiston Liga kubogi musobaqasi finalini eslab o'tgandik. Bugun navbat O'zbekiston kubogi-2019 finaliga.

Foto Arxiv: Tarixda ilk bor o'tkazilgan O'zbekiston Liga kubogining 8ta gol urilgan finalini yodga olamiz

Qizig'i, o'tgan mavsum O'zbekiston kubogi finaliga ham xuddi Liga kubogidagi kabi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK hamda SHota Arveladze bosh murabbiyligidagi "Paxtakor" etib keldi. Har ikki jamoa ham 2018 yilgi kubok finalida o'zaro to'qnash kelgani bois 2019 yilgi kubokda bahslarga 1/8 finaldan qo'shilishdi. Uyog'iga esa raqiblar birin-ketin mag'lubiyatga uchratildi va hal qiluvchi uchrashuvga ketma-ket ikkinchi yil aynan "Paxtakor" va AGMK etib keldi. 2018 yilda olmaliqliklar kubokni boshlari uzra baland ko'tarishgan bo'lsa, 2019 yil "sherlar"ga ataldi.


O'zbekiston kubogi
Final,
26.10.2019
Toshkent shahri, "Lokomotiv" stadioni. 7185 tomoshabin.
"Paxtakor" - AGMK 3:0
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Jasur Muxtorov (barchasi Toshkent).
Gollar: Dragan CHeran 31, 61 penalti, 77.

"Paxtakor" (4-2-3-1) — 25.Eldorbek Suyunov - 3.Hojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Azamov, 55.Marko Simich, 34.Farruh Sayfiev (29.Vladimir Kozak, 86) - 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (15.Egor Krimec, 89)- 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 17.Doston Hamdamov - 11.Igor Sergeev (21.Marat Bikmaev, 80).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Alisher Salimov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 19.SHohruh Madmudxojiev, 43.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 77.Husniddin G'ofurov.

AGMK (4-3-3) — 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal SHorahmedov, 44.Bobur Yo'ldoshev, 33.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov - 3.Erkin Baydullaev, 5.Dilshod Jo'raev, 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 46) - 7.Elguja Grigalashvili (8.Sanat SHixov, 63), 99.SHahzod Nurmatov (15.Jasur Hakimov, 74), 17.Murod Toshmatov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 11.Zohir Pirimov, 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 55.Sardor Abdunabiev, 77.Vladislav Kasminin, 88.Igor Zonich.

Ogohlantirishlar: F.Sayfiev 73, H.Alijonov 79 - A.SHorahmedov 73, S.SHixov 79.

O'zbekiston kubogini maydonga terma jamoamizda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar Server Jeparov (126 o'yin) va Timur Kapadze (119 o'yin)lar olib chiqishgandi.


O'z ishining ustalari.


AGMKning O'zbekiston kubogida finalgacha bosib o'tgan yo'li:
1/8 final
AGMK
- "Mashal" 3:1

1/4 final
Oq-tepa - AGMK 3:4

1/2 final
AGMK
- "Bunyodkor" 3:1


"Paxtakor"ning O'zbekiston kubogi-2019da finalgacha bosib o'tgan yo'li:
1/8 final
"Paxtakor"
- "Yashnobod" 5:0

1/4 final
"Paxtakor"
- "Surxon" 2:0

1/2 final
"Paxtakor"
- "Nasaf" 2:1


"Boshsiz chavandoz 1".


Mirjamol Qosimov jiddiy zarba qabul qilib olishiga sal qoldiya.


- Yigitlar, raqibga zarba berishni to'xtatamiz. Bizga kartochka emas, gol kerak...


- To'g'ri, bizga gol keraaak...


- Talablarga binoan! Bu birinchisi.


Farruh Sayfiev o'yinni ham qoyillatadi, janjalni ham)


Uhh, Sergeev og'riqli zarba qabul qilib oldi.


Dragan CHeran O'zbekiston kubogi-2019da jami 5ta gol urdi.


Nimchorak final va yarim finalda gol urgan Masharipov finalda o'zining ajoyib pasi ko'kka sovurilganidan keyin g'azabda.


Muxlisalar.


Ajoyib kadr.


CHerandan xet-trik va finalga yakuniy nuqta qo'yildi.


"Boshsiz chavandoz 2".


Akmal SHorahmedov 2018 yil "Paxtakor" bilan, 2019 yil esa AGMK bilan O'zbekiston kubogi finalida mag'lub bo'ldi.


G'alaba quvonchi.



Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi golga qadar "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsatdik"

SHota Arveladze: "Yigitlarni olqishlayman"


Taqdirlash marosimi.


Krimec kubokni baland ko'tarmoqda.



O'zbekiston kubogi-2019 final o'yinidan suratlarni quyidagi link orqali kirib tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

O'zbekiston kubogi-2019 final o'yinidan keyingi taqdirlash marosimidan suratlarni quyidagi link orqali kirib tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA


Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov va Jahongir Fayzullaev.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика