"Arsenal" Ozilni klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirdi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 17:22
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut Ozil klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Oldinroq, agar "to'pchilar" Obameyyangni xarid qilsa, Ozil londonliklar bilan yangi bitim tuzishga tayyorligi e'lon qilingan edi. Bir necha daqiqa oldin "Arsenal" gabonlik forvard transferi haqida e'lon qildi. Kutilganidek, nemis futbolchisi London klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Kelishuv 3,5 yilga mo'ljallangan. Yangi bitim bo'yicha futbolchining haftalik maoshi 350 ming funt bo'ladi va u klubning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC