So’nggi yangiliklar

14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  0 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  24 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  6

Anvar G'ofurov: “Fol ochishni yoqtirmayman” Yangiliklar

Anvar G'ofurov: “Fol ochishni yoqtirmayman”

Teglar :  ObodAnvar G'ofurov
O'tgan yilgi chempionat bahslarida Toshkentning “Obod” jamoasi oliy ligada jon saqlab qoldi.
“Obod” ikkinchi davrada klubda o'zgarishlar qildi va o'zi uchun kerakli bo'lgan tajribali futbolchilarni jamoaga qo'shib oldi. CHempionat bahslariga tayyorgarlik to'g'risidagi savollarimizga klub futbolchisi Anvar G'ofurov javob berdi.

-  Bu yil mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rdinglar?
-  Mavsumga tayyorgarlikni o'tgan yili dekabr oyida boshlagandik. Hozir esa oldindan bir narsa deya olmayman. CHunki oldimizda butun boshli mavsum turibdi. Qanday tayyorgarlik ko'rganimizni chempionat bahslari boshlangandan keyin bilib olamiz.



-  Ketgan futbolchilarning o'rni to'ldirildimi?
-  Jamoadan ketgan futbolchilar ko'p, bu fakt. Klubni tark etgan futbolchilarni o'rnini birinchi liga jamoasida harakat qilgan futbolchilar va ijara asosida boshqa jamoada to'p tepgan SHerzod Jalilov va Sanjar To'raqulov bilan to'ldirdik. Hozircha tarkib borasida hech qanday muammo yo'q.

-  Jamoaga Rauf Inileev kelgach biroz betob bo'lib qolgandi. Yaqinda Rossiya davlatiga borib davolanib qaytdilar. SHu vaqtda siz mashg'ulotlarni o'z zimmangizga oldingiz. Murabbiylik sohasini birinchi "Obod" klubida boshlaysizmi?
-  Barchasi Rauf Talgatovichning ko'rsatmalari asosida mashg'ulotlar olib borilmoqda.  Raul Talgatovich hozir reabilitaciyalari va havo sovuq bo'lgani uchun mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.

-  Bu yil klub oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
-  Iloji boricha yuqori o'rinlarni egallash va yosh futbolchilarni kashf qilish oldimizga maqsad qilib qo'yilgan.



-  Jamoaga yana kimlar kelishi mumkin, ko'z ostingizga olib qo'ygan futbolchilaringiz bormi?
-  Ko'z ostimga olib qo'ygan barcha futbolchilarning klublari bilan shartnomalari bor. SHu tufayli jamoaga kimdir kelib qo'shilish ehtimoli juda kam.

-  Faoliyatingizni aynan "Obod" jamoasida yakunlamoqchimisiz yoki boshqa klubdan takliflar bormi?
-  Hozir men “Obod” jamoasida faoliyatimni davom ettiryapman. Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Agarda sog'lig'imda muammolar bo'lmasa, jarohatlardan yiroqroq bo'lsam albatta futbolchilik faoliyatimni davom ettiraman.

-  "Obod" jamoasining kelajagi haqida nima deya olasiz?
-  Fol ochishni yoqtirmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. “Obod” jamoasi o'z o'yinlari bilan muxlislarni xursand qilishini va yangi ishqibozlarni topishini chin dildan xohlardim. Axir barcha klublar muxlislar uchun o'ynaydi-ku!

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика