Eshitdik-da! "So'g'diyona" Lyupcho Dorievga yirik miqdorda tovon puli belgilagan
22 iyu 13:36
Yangiliklar


Eshitdik-da! "So'g'diyona" Lyupcho Dorievga yirik miqdorda tovon puli belgilagan
Superliga to'purarlaridan biri bo'lib turgan "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Dorievning tovon puli miqdori malum.
Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, Lyupcho Dorievning "So'g'diyona" bilan 2026 yil oxirigacha shartnomasi bor. Uning shartnomasida tovon puli miqdori 1 mln dollar ekanligi ko'rsatib o'tilgan.
Qaysidir klub uni olmoqchi bo'lsa, o'sha summani to'lashi kerak. "So'g'diyona" uni tekinga qo'yib yubormaydi.
29 yoshli futbolchi ushbu mavsum jizzaxliklar tarkibida 16 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq Dorievga "Nasaf" va boshqa jamoalardan qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar