Rasman: "Surxon" sobiq futbolchisi "Qizilqum" bilan shartnoma imzoladi
30 iyu 17:09
Yangiliklar


Rasman: "Surxon" sobiq futbolchisi "Qizilqum" bilan shartnoma imzoladi
Yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida Superliga jamoalari faollikni qo'ldan boy bermayapti.
Navoiyning "Qizilqum" klubi tajribali yarim himoyachi Asror G'ofurovni o'z safiga qo'shib oldi. Surxondaryolik futbolchi klub bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, Asror G'ofurov 2024 yilning ikkinchi davrasida "oltin izlovchilar" safida harakat qilgan edi. U faoliyati davomida "Bashundxara" (Bangladesh), "Surxon" (Termiz), "Saif" (Bangladesh), "Andijon" (Andijon), "Izelspor" (Turkiya), "Manisaspor" (Turkiya), "Gebzespor" (Turkiya), "Paxtakor" (Toshkent) jamoalarida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar