"Andijon" Qarshiga etib bordi
09 may 2014 20:46
Yangiliklar
"Andijon" Qarshiga etib bordi
Ertaga O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
“Andijon” jamoasi nimchorak finalning birinchi o'yinini Qarshida “Nasaf”ga qarshi o'tkazadi.
“Nasaf” jamoasi bilan o'yin munosabati bilan andijonliklar kecha safarga otlanib Andijon-Toshkent-Qarshi yo'nalishida bugun tushda Qarshiga etib kelishdi. Qarshiga kelgan 22 kishidan iborat jamoa azolarining 15 nafarini futbolchilar tashkil etadi. Sergey Smorodin, Jamshid Mirabdullaev, Sergey Docenko, Anvar Rajabov va Alisher Azizov ertangi o'yinda maydonga tushishmaydi. Ayni paytda jamoa Qarshidagi markaziy stadionda o'yin oldi mashg'ulotini o'tkazmoqda. Eslatib o'tamiz, ertaga “Nasaf” va “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Fikrlar