So’nggi yangiliklar

00:45Гвардиола Алонсо ҳақида: "Реал" ва "Барса"га мураббийлик қилиш – энг қийини. Хаби бу вазиятдан чиқиб кетишга қодир"  0 00:12ЕЧЛ. "Интер" – "Ливерпуль". Бошланғич таркиблар аниқ!  5 00:04ЕЧЛ. "Барселона" – "Айнтрахт". Бошланғич таркиблар аниқ!  6 23:33Салоҳ "Ливерпул"ни тарк этса, қайси клубларга бориши мумкинлиги маълум бўлди  3 23:12Суперкомпьютер "Арсенал"ни Чемпионлар лигасининг бош фаворити сифатида кўрсатди  7 22:31ЕЧЛ. "Қайрат" "Олимпиакос"га ютқазди  0 22:25ЕЧЛ. "Бавария" – "Спортинг". Таркиблар маълум  1 22:12Лукаку қайтди: олдинда Суперкубок ўйини бор  1 21:53Наҳотки?! "Арсенал" Жезусни қайдномага киритди  4 21:32Слот кетса ўрнига ким асосий даъвогар?  12 21:10Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди  1 20:58"Ливерпуль" собиқ ҳимоячиси Ловрен Салоҳнинг ёнини олди  1 20:30"Манчестер Сити"нинг "Реал" билан ўйин учун 21 кишилик таркиби эълон қилинди  5 20:03Эрон чемпионати. "Трактор" "Зоб Оҳан" билан дуранг ўйнади, Ҳамробеков бир бўлим ҳаракат қилди  1 19:41"Хоразм" футзал клуби ташкил этилди  5

Anchelotti: "Futbol hayoti shunday – vaqti kelib har qanday avlod ketadi" Yangiliklar

Anchelotti: "Futbol hayoti shunday – vaqti kelib har qanday avlod ketadi"

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa tarkibida bo'ladigan o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.

"Men xafa emasman, baxtli holda ketyapman. Bu erda qilgan barcha ishlarimizdan baxtliman. Minnatdorman. Bu ajoyib davr bo'ldi.

Klub va prezident bilan hech qachon muammolarim bo'lmagan, hamma narsa kelishilgan edi. Hammasi yaxshi. Florentino Peres birinchi kundan to oxirgi kungacha meni qo'llab-quvvatladi.

Ertaga juda hissiyotli kun bo'ladi. Agar yig'lasam, ko'zyoshlarimni yashirmayman. Bu kunni Luka bilan baham ko'raman... afsona, fantastik o'yinchi. Luka bilan xayrlashuv ajoyib bo'ladi.

Aytish mumkinki, Modrichning ketishi bilan "oltin" avlod davri yakunlanmoqda. Karvaxal hali ham jamoada, biroq u hozirda jarohatda. Ammo futbol hayoti shunday – vaqti kelib har qanday avlod ketadi. Bundan oldin Kazemiro, Krishtianu Ronaldu ham ketgan edi... Shunday bo'lsa-da, "Real" dunyodagi eng yaxshi klub bo'lib kelgan, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.

Xabiga barcha yaxshiliklarni tilayman. Unda bu jamoani boshqarish uchun zarur bo'lgan sifatlar bor va umid qilamanki, bu unga yoqadi.

"Real"dagi eng yaxshi o'yin? Aytish juda qiyin. Biz barchamiz PSJ, "Chelsi" va "Siti"ga qarshi remontadalarni eslaymiz. Buni unutib bo'lmaydi.

Mening "Real" bilan asal oyim abadiy davom etadi – bu mening hayotimdagi klub", – dedi Anchelotti.

Rasman: "Real" Anchelotti ketayotganini elon qildi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика