Ana xolos! "Barselona" Messi bilan transferni muhokama qilmoqchi emas. Ketishning bitta yo'li bor - 700 mln evro to'lash
28 avg 2020 23:33
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589366_original.jpg)
![](/upload/storage/589366_220.jpg)
Ana xolos! "Barselona" Messi bilan transferni muhokama qilmoqchi emas. Ketishning bitta yo'li bor - 700 mln evro to'lash
Avvalroq Lionel Messi uning ketishi borasida kelishuvga erishish va ziddiyatlarni bartaraf etish uchun shaxsiy advokatlari va klub mutasaddilari o'rtasida uchrashuv uyushtirmoqchiligi to'g'risida xabar qilgandik.
Jurnalist Gilem Balagening takidlashicha, katalon klubi argentinalik charm to'p ustasi bilan uchrashishga tayyor, ammo uning ketishi muhokama qilinmaydi.
"Barselona" tomoni Messining transferi 700 mln evroga (uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli) tushishini malum qilgan.
Eslatib o'tamiz, Leoning "ko'k-anorranglilar" amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Unga ayni paytda "Manchester Siti" asosiy davogar bo'lib turibdi.
Messining advokatlari "Barsa" mutasaddilari bilan uchrashadi. Lionel janjallarsiz ketmoqchi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar