Messining advokatlari "Barsa" mutasaddilari bilan uchrashadi. Lionel janjallarsiz ketmoqchi

28 avg 2020, 22:01
Hujumchi Lionel Messi "Barselona"ni mojarolarsiz tark etishni xohlayapti.

Futbolchining tashabbusi bilan uning advokatlari klub yuristlari bilan uchrashadi, deb xabar qildi Ole.

Messi "Barsa"dan ketishi oqibatida javobgarlikka tortilishni xohlamayapti.

Klubning poziciyasiga ko'ra, Messining amaldagi shartnomasida muddatidan oldin jamoani tark etishi uchun 700 mln evro tovon puli to'lanishi belgilangan.

Hujumchining vakillari esa Messi shartnoma muddatiga qaramay klubni tark etish huquqiga egaligi to'g'risidagi bandni ko'rib chiqadi.

"Manchester Yunayted" Messining otasi bilan transfer borasida gaplashdi 

O'xshash yangiliklar


Manba: Ole