“Al Hilol”ga ming dollar jarima solinishi mumkin
09 may 2014 20:47
Yangiliklar
“Al Hilol”ga ming dollar jarima solinishi mumkin
Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi OFK tomonidan 1000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
CHunki bu jamoa o'yindan oldingi matbuot anjumanida OCHL reglamentining bir bandiga amal qilmadi.
Osiyo chempionlar ligasi reglamentining 54-moddasi matbuot anjumanlariga bag'ishlangan bo'lib, o'yindan oldingi matbuot anjumanida har ikkala jamoadan bosh murabbiy va bir nafar futbolchi ishtirok etishi shart qilib qo'yilgan.
Faqat gap shundaki, matbuot anjumaniga kelgan futbolchi ertasi kun jamoasining asosiy tarkibi maydonga tushishi lozim bo'ladi. Bu haqda 54-moddaning “b” bandida yozib qo'yilgan. Matbuot anjumaniga murabbiy asosiy tarkib futbolchisi bilan kelishi kerak degan yozuv bor OCHL reglamentida. Masalan, “Bunyodkor”dan Oleg Zoteev ishtirok etdi va o'yinni asosiy tarkibda boshladi.
Ammo “Al Hilol” bosh murabbiyi Sami Al Jaber reglamentning mana shu joyiga amal qilmadi. O'yindan oldingi matbuot anjumaniga avvaliga Muhammad Al SHlhubning kelishi kutilgandi, biroq murabbiy o'zi bilan 17-raqamdagi Abdulloh Al Hafitni olib keldi. 1992 yilda tug'ilgan futbolchi esa ertasi kuni nafaqat asosiy tarkib, balki zaxiradigilar ro'yxatiga ham kiritilmadi. Umuman olganda, bu futbolchi Osiyo chempionlar ligasining hozircha birorta o'yinida maydonga tushgani yo'q.
Bu bilan Sami Al Jaber reglamentning aynan shu bandiga amal qilmagan bo'lib chiqyapti va “e” bandiga ko'ra ming dollar miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. O'yindan oldingi matbuot anjumanida mana shunaqa holat ro'y berganini OFKda ishlaydiganlar inobatga oldimi-yo'qmi, bunisidan hozircha bexabarmiz.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar