9 may xotira va qadrlash kuni. “Neftchi” faxriylarni unutmaydi!
10 may 2014 00:13
Yangiliklar
9 may xotira va qadrlash kuni. “Neftchi” faxriylarni unutmaydi!
9 may, juma kuni mamlakatimizning har bir hududida o'tganlarni xotiralab o'tildi.
Futbol jamoatchiligida ham ushbu sana doimo o'zgacha bir ruhda o'tkaziladi. Qaysidir tumanda xotira turniri tashkil etilsa, yana qaysidir joyda faxriylarni qadrlash ishlari olib boriladi. “Neftchi” FK ham 9 may kuni o'z vaqtida klub rivojiga hissa qo'shganlarni yo'qlashni unutmagan xolda, klub faxriylariga ziyofat dasturxonini yozdi.
Velikanov, Ayriev hamda Vaxtin kabi o'z vaqtida Farg'ona futboliga mehnati singgan va bugungi kunda ham ikmon qadar viloyat futboli ravnaqiga hissa qo'shib kelayotgan faxriylar bilan bir piyola choy ustida suhbat uyushtirildi va ularga klub tomonidan sovg'alar taqdim etildi.
– O'tganlarni ruhi shod bo'lsin. Farg'ona umuman mamlakatimiz futboli rivojiga mehnati singgan bir qator faxriylarimiz bor. Ularni biz hech qachon unutmaymiz. Bugungi tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad ham ular bilan klub o'rtasidagi aloqani yanada mustahkamlashdan iborat edi. Faxriylarimizning foydali maslahatlari va to'plagan katta tajribalari biz uchun kerak. SHuning uchun ular bilan hamisha do'stona munosabatni saqlab qolmlg'imiz kerak – deydi “Neftchi” klubi raisi Tohir Kapadze.

Fikrlar