So’nggi yangiliklar

18:02Расман: "Қизилқум" черногориялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 17:33ПСЖ футболчиси Моуриньюнинг қўнғироғи сабаб Англияга эмас, Туркияга кетмоқда  1 16:59"Барселона" футболчиси 5:4 ҳақида: "Бу фаолиятимдаги энг даҳшатли ўйин"  10 16:31Сречко Катанец: "Терма жамоада нималар қилганимизни ва қандай ютуқларга эришганимизни билишингиз керак"  41 16:05Ҳусановнинг агенти: "Биз билан АПЛнинг 12 клуби алоқага чиқди"  10 15:06БМБ 14 та гол урган ва учинчи бор чемпион бўлган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:34Расман: "Боруссия Д" бош мураббийни истеъфога чиқарди  4 14:03"Реал" ёки "Барселона"да ўйнаш? Холанд жавоб берди  28 13:35МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   39 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖнинг янги мураббийи эртага Қатарга учиб кетади  179 12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  285 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   17 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0

9 may – Xotira va qadrlash kuni. Amriddin Saydalievni yod etib Yangiliklar

9 may – Xotira va qadrlash kuni. Amriddin Saydalievni yod etib

Bugun 9 may – Xotira va qardrlash kuni. SHu munosabat bilan futboldagi faoliyatimga katta tasir ko'rsatgan hurmatli kishilardan biri Amriddin Saydalievni yod olishni joiz deb topdim.
Kasbilik Amriddin akani ko'pchilik yaxshi tanir, Qashqadaryo futbolida ishlayotgan borki u kishini hurmat qilardi. Agar
Amriddin aka oramizda bo'lganida shu yilning 12 aprel kuni 48 yoshni qarshi olgan bo'lardi. Ammo bevaqt o'lim u kishini hayotdan erta olib ketdi.

Amriddin Saydaliev bilan ilk bor qachon ko'rishganim unchalik esimda yo'q. Adashmasam, Muborakda 2-liga bahsi bo'lib o'tayotgandi. Amriddin aka Kasbi bolalar va o'smirlar futbol maktabi direktori emasmi, u kishi ham futbol ko'rgani kelgan ekan. Gap-gap bilan bo'lib tezda tanishib oldik. Ozgina suhbatlashgach, u kishining futbol borasida katta bilimga egaligiga amin bo'ldim. Ham futbol ko'rdik, ham miriqib suhbatlashdik.

SHu-shu tanishib oldik. Keyinchalik Amriddin Saydaliev bilan ko'p marta ko'rishib gaplashdim. Goh yuzma-yuz, goh telefonda. Voha futboliga oid biror nimani bilmoqchi bo'lsam, darhol Amriddin akaga qo'ng'iroq qilar, u kishidan bilmoqchi bo'lganlarimni so'rab olardim. Amriddin aka so'zamol, gapga chechan hamda hazil-mutoyibaga usta odam edi. Afsus, shunday istarali kishi endi oramizda yo'q. Hayot u kishini ancha erta oramizdan olib ketdi.

Amriddin Saydaliev 1966 yilda tug'ilgan. 1983 yil Kasbi tumani Qoratepa qishlog'idagi 27-sonli o'rta maktabni tamomladi. 1984-86 yillarda harbiy xizmatni o'tab qaytgach, 1986 yildan O'zGIPROZEM loyiha institutida katta texnik bo'lib ishlay boshladi, shuningdek Toshkent yuridik instituti yonida joylashgan rus adabiy tilini o'rganish kursida tahsil oldi.

Futbolchilik faoliyati davomida “Mebelchi” (Yangiyo'l), “Lokomotiv” (Qarshi), “Dinamo” (Qarshi), “SHelkovek” (Qarshi), “Geolog” (Qarshi), “Zarya” (Kasbi), “Yoshlik” (Navbahor) jamoalarida to'p tepdi. Keyinchalik esa hakamlik sohasi bilan shug'ullanib, 1989 yildan to 2010 yilgacha O'zbekiston chempionatining oliy va birinchi liga, shuningdek ikkinchi liga o'yinlarida hakamlik, nazoratchilik qildi.

2009 yildan boshlab esa Kasbi tumanida joylashgan bolalar va o'smirlar futbol maktabida direktor lavozimida ishladi. Amriddin aka nafaqat kattalar futboli, balki bolalar va ayollar futbolini ham diqqat bilan kuzatib borar, futbolning barcha sohalarini rivojlantirishga etibor berardi. SHuning uchun bo'lsa kerak, Kasbidan bir qator taniqli futbolchilar etishib chiqdi. Jumladan, Sanjar Quvvatov, Zohir Qo'ziboev, Bahodir Murtazoev, qizlardan Go'zal Muxutdinova, Yulduz SHodieva, Fazilat Bahromova kabi futbolchilarning etishib chiqishida Amriddin Saydalievning xizmati katta.

Amriddin aka mashhur hofizimiz SHerali Jo'raevning ashaddiy ixlosmandi edi. Hofizning deyarli barcha qo'shiqlarini yod bilar, bazan xirgoyi qilib ham turardi. Esimda, bir gal Toshkentdan Qarshiga Amriddin akaning mashinasida birga ketgandik. U kishining o'g'li Nuriddin rulda, Amriddin aka uning yonida, men esa orqa o'rindiqda to Qarshigacha miriqib suhbatlashib ketganmiz. Darvoqe, Nuriddin bugungi kunda ota kasbini davom ettirishga harakat qilmoqda.

U hozirda Kasbidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabida metodist sifatida ishlash bilan birga Kasbi tumani futbol federaciyasi boshlig'i hisoblanadi. Bugungi kunda maktabda 15ga yaqin murabbiy 350 nafardan ziyod futbolchiga futbolning sir-asrorlarini o'rgatmoqda. O'tgan hafta tumanda Amriddin akaning xotirasiga bag'ishlab 16ta jamoa ishtirokida xotira turniri o'tkazildi, marhumning ezgu ishlari yod etildi.

Amriddin Saydaliev o'zbek futboli fidoyilaridan biri edi. SHaxsan men u kishini teran fikrli, bilimdon, futbolni chuqur biladigan shaxs sifatida bilar va hurmat qilardim. Amriddin akaning oxirati obod bo'lsin, u kishining xotirasi har doim qalblarda saqlanajak. O'g'li Nuriddin esa kelajakda yaxshi bir inson va oila boshlig'i bo'lishiga tilakdoshmiz.

Suratga izoh: O'FF rahbari Mirabror Usmonov (chapda) Kasbi tumani bolalar va o'smirlar futbol maktabi direktori Amriddin Saydalievni tumanda amalga oshirgan ishlari uchun muborakbod etmoqda.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика