So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

2025 yilgacha shu ish qilinmasa, "Titanik" kabi sho'ng'iyotgan futbolimizdagi bolalarni qutqarib qola olmaymiz Yangiliklar

2025 yilgacha shu ish qilinmasa, "Titanik" kabi sho'ng'iyotgan futbolimizdagi bolalarni qutqarib qola olmaymiz

Teglar :  Bolalar futboli
2022-2025 yil oralig'ida O'zbekistonda sport maktablari (BO'SM, IBO'SM, BO'FM) ni rivojlantirish loyihasini yo'lga qo'ymasak Titanik kabi sho'ng'iyotgan futbolimizdagi bolalarni qutqarib qola olmaymiz.

"Titanik" cho'kayotgan sahnada avval bolalar va ayollar, keyin sharoitiga qarab erkaklar qutqaruv qayiqlariga chiqartirilgan.

Bizning "Titanik"dagi bolalar bu viloyatlardagi BO'SM tarbiyalanuvchilari va murabbiylari!

Kelayotgan yangi 3 yil davomida;

O'zbekistondagi mavjud barcha tumanlardagi stadionlarni obodonlashtirish (profi tamir emas, futbol o'ynaydigan holatga olib kelish).

Inventarlar bilan taminlash (birjadagi sarqit narsalarni berish emas. Bir mavsumga 100ta yaxshi 120-150 ming so'mlik to'pi yo'q joydan natija talab qilishga haqqingiz yo'q. Birjadagi 120 mingli to'pning asl narxi 30-40 ming).

Murabbiy talimi. Maosh 1.5 mln so'm licenziyaga o'qish 5 mln. Oilani kim boqadi?

O'zbek tilidagi sodda qo'llanma, rus tilidan tushunmas tarjima qilingani emas. Rasmlari bilan. 7-10 yosh, 11-13, 14-18 yoshga sodda, bitta o'qib tushunadigan qo'llanma. SHunchaki tarjima emas.

Sifatli musobaqa, bollardan pul yig'may boradigan, xovlida emas, oyoqni uzatib yotadigan mehmonxona.

Xalqaro musobaqa, Dinamo Kiev, Spartak Moskva, Genk, Portu, kelsin ana, yo'l kira mehmonxonasini 4ta jamoaga qilib berish 1 mlrd so'm ham bo'lmaydi. Bunday mablag' bor bizda, yo'q emas! 10-11 yoshda bunday pul ham ketmaydi aslida.

Va eng muhimi bu ishlarni TOSHKENTdan turib boshqarish, o'sha ish bitmaguncha tepasida turish o'tkazish bilan qog'ozda ish BITMAYDI!

3 yil davomida shu ishlarni qila olmaymizmi? Qila olmasak, keyingi avlodga titanikdan hech kimni omon saqlab bera olmaymiz.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика