"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi: Ravshan Ermatov O'FA prezidenti vazifasini bajaradi
21 jan 19:27
Yangiliklar


"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi: Ravshan Ermatov O'FA prezidenti vazifasini bajaradi
22 fevral kuni O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari saylov Kongressi bo'lib o'tadi.
"Associaciya nizomiga binoan Kongress o'tkazilgunga qadar O'FA prezidenti vazifalari O'FA birinchi vice-prezidenti zimmasiga yuklatiladi", – deyiladi O'FA bayonotida.
Avvalroq Championat.asia sayti Ravshan Ermatov O'FA prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti Prezidentning ijtimoiy-siyosiy, diniy-marifiy va yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo'yicha o'rinbosari Abdusalom Azizov edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar