So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  0 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasiga xorijlik bosh murabbiyi tayinlandi! Yangiliklar

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasiga xorijlik bosh murabbiyi tayinlandi!

Xabaringiz bor, 2029 yilda ayollar futboli bo'yicha qitaning eng nufuzli turniri - ayollar Osiyo kubogiga mamlakatimiz mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqaga munosib hozirlik ko'rish va 2026-yilgi Osiyo kubogida O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasining ishtirokini taminlash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod Kotrina Kulbite bilan uchrashdi. Dastlab, litvalik mutaxassis mamlakatimiz futboli tarixi va qo'lga kiritilgan yutuqlar bilan tanishtirildi. SHuningdek, bugungi kunda yurtimizda ayollar sporti, xususan, futbolga berilayotgan etibor haqida malumot berildi.

O'FA rahbariyati ayollar futboli kun sayin rivojlanayotgani va futbol bilan shug'ullanayotgan qizlar soni ortib borayotganini etirof etib, mamlakatimiz mezbonlik qiladigan 2029 yilgi ayollar Osiyo kubogida munosib ishtirok etish, Jahon chempionati va Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish asosiy maqsadlarimiz ekani, shuningdek, joriy yilning iyun oyida o'tkaziladigan 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida yuqori natija ko'rsatib, qita turniriga yo'llanma olishimiz zarurligini takidladi.

O'z navbatida Kotrina Kulbite ulkan tarix va katta potencialga ega jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanayotganidan mamnun ekani va O'zbekistonda ayollar futboli yanada rivojlanishida bor kuch-g'ayratini ishga solishga tayyorligini bildirdi.

SHundan so'ng, UEFAning “Pro” licenziyasiga ega bo'lgan Kotrina Kulbite bilan shartnoma masalasida dastlabki muzokaralar olib borildi. Litvalik mutaxassisning vazifalari muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar xususida fikr almashildi.

Malumot o'rnida, Kotrina Kulbite UEFAning murabbiylarni o'qitish bo'yicha instruktori hisoblanadi. Litva ayollar terma jamoasi va turli yosh toifalaridagi qizlar terma jamoalarida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика