Hakamlar markazi rahbari lavozimidan ozod etildi
08 jan 2025 17:09
Yangiliklar
Hakamlar markazi rahbari lavozimidan ozod etildi
O'zbekiston futbol hakamlar markazi rahbari Lazizbek Ko'chqorov boshqa lavozimga o'tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Mutaxassisning yangi ish joyi hozircha elon qilingani yo'q.
"Ikki yarim yillik faoliyatim davomida hakamlik sohasini rivojlantirish, hakamlarning halol va jozibali ish olib borishiga va Markaz uchun ijobiy islohotlar o'tkazishga bor kuchim bilan harakat qildim. Ushbu yo'nalish men uchun katta tajriba bo'ldi. Fursatdan foydalanib, butun o'zbek futboli jamoatchiligiga, jonkuyar muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Markazning kelgusi faoliyatiga esa faqat muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolaman!" — deydi Laziz Qo'chqorov.
Eslatib o'tamiz, Laziz Qo'chqorov 2022-yil 16-iyundan boshlab hakamlar markazi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar