Gvardiola yozda ketadimi? Romano javob berdi
12 fev 20:31
Yangiliklar
Gvardiola yozda ketadimi? Romano javob berdi
Uning so'zlariga ko'ra, bunday scenariy ehtimoli bor, ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Avvalroq Britaniya OAV ispaniyalik mutaxassis yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. Romanoning takidlashicha, vaziyat ichida bo'lgan ayrim insonlarda shunday kutilmalar bor, ammo hozircha gap faqat taxminlar haqida ketmoqda.
"Mening malumotlarimga ko'ra, Gvardiolaning mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etish ehtimoli bor. Buni ushbu jarayonga jalb etilgan odamlar ham shunday baholamoqda. Ammo qaror hali qabul qilinmagan. Hech qanday rasmiy bayonot yo'q. Hozir endigina fevral, shuning uchun kafolatlar haqida gapirishga erta", – dedi Romano.
Insayderning qo'shimcha qilishicha, ko'p narsa mavsum yakuniga, ayniqsa, APL va Chempionlar Ligasidagi natijalarga bog'liq bo'ladi. Uning fikricha, aynan natijalar Gvardiolaning qaroriga tasir ko'rsatishi mumkin.
Shuningdek, "Manchester Siti" ehtimoliy o'zgarishlarga tayyorgarlik sifatida murabbiylar bozorini tahlil qilayotgani va ehtimoliy nomzodlarni ko'rib chiqayotgani xabar qilinmoqda.
Gvardiola "Siti"ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Bu vaqt mobaynida jamoa Angliyada bir qator sovrinlarni, jumladan bir nechta Premer-liga chempionligini, Angliya Kubogini hamda Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar