Ser Jim Retkliff o'z bayonoti yuzasidan izoh berdi
12 fev 19:11
Yangiliklar
Ser Jim Retkliff o'z bayonoti yuzasidan izoh berdi
"So'z tanlashim Buyuk Britaniya va Evropadagi ayrim insonlarni ranjitgani va xavotirga solgani uchun uzr so'rayman. Biroq iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlaydigan, nazorat qiladigan va to'g'ri boshqariladigan migraciya masalasini o'rtaga tashlashim muhim, deb hisoblayman.
Men bu fikrlarni Antverpen shahrida bo'lib o'tgan Evropa sanoat sammitida, Buyuk Britaniya siyosati haqidagi savollarga javob berayotganimda bildirganman. U erda Buyuk Britaniyada iqtisodiy o'sish, ish o'rinlari, malaka va ishlab chiqarish ahamiyati haqida gapirgan edim.
Niyatim hukumatlar migraciyani investiciyalar, malaka oshirish, sanoat va ish o'rinlari bilan uyg'un holda boshqarishi kerakligini takidlash edi, toki uzoq muddatli farovonlik barchaga teng taqsimlansin. Buyuk Britaniya oldida turgan muammolar yuzasidan ochiq muhokamani saqlab qolish juda muhim", – deyiladi bayonotda.
Avvalroq Retkliff tufayli butun dunyo yana MYU haqida gapira boshlagan va Adidas ham oyoqqa turgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Fikrlar