"Real" Chempionlar Ligasida "Benfika"dan mag'lubiyatga uchrasa, Arbeloani iste'foga chiqarishi mumkin

Alisher Ostonov
22 fev 2026, 13:46
"Real"ning Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvi jamoaning bo'lajak bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

"Real" o'z maydonida 25 fevral kuni "Benfika"ni qabul qiladi. Dastlabki bahs safarda madridliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

43 yoshli ispaniyalik mutaxassisning poziciyasi La Liga 25-turidan o'rin olgan "Osasuna"ga (1:2) qarshi o'yindan so'ng jiddiy izdan chiqqan. Chempionlar ligasidan chiqib ketishi uning Madrid klubidan iste'foga chiqarilishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, klubdagilar Arbeloaning qarorlari mantig'ini tushunmayotgani va aniq o'yin modeli yo'qligidan norozi ekani aytilmoqda. "Real" rahbariyati bosh murabbiyning ko'p harakatlari futbolchilarga yoqishga qaratilganidan norozi.

Arbeloa "Real"ni yanvarda, Xabi Alonso iste'foga chiqarilganidan keyin qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida jamoa 10 ta o'yin o'tkazib, 7 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sport.es