Murabbiy yangi, lekin muammolar eskiligicha qolmoqda
12 fev 18:28
Yangiliklar
Murabbiy yangi, lekin muammolar eskiligicha qolmoqda
Taxminan bir oycha avval «Real» bosh murabbiyini alishtirdi. Muddatidan avval chiqish eshiklar ko'rsatilgan Xabi Alonso o'rniga boshqa bir sobiq madridist Alvaro Arbeloa taklif etildi. Uning boshchiligida jamoa barcha musobaqalarni inobatga olganda 7 ta o'yin o'tkazib, 5 bor g'alabaga erishdi. Eng muhimi — chempionatda «Barselona» bilan oradagi farq 1 ochkogacha qisqardi.
Biroq bosh murabbiy o'zgargach, jamoada barchasi iziga tushib ketmadi. Turli manbalar jamoa ichida muammo mavjudligini, «Real»ning ikki futbolchisi esa Arbeloadan noroziligini malum qilmoqda. Yosh murabbiyga har tomondan bosim bo'lmoqda — uni hatto rahbariyat ham qo'llab-quvvatlamayapti.

Murabbiy va ikki himoyachi o'rtasida nizo kelib chiqqan
So'nggi yillar himoya chizig'i qanotlari «Real» uchun katta muammoga aylangan. Qiyinchiliklar Karlo Anchelotti davridayoq boshlangan edi: aynan italiyalik birinchilardan bo'lib u erga yarim himoyachilar Federiko Valverde va Eduardo Kamavingani torta boshlagandi, shuningdek, nominal vinger Lukas Vaskesni himoyachiga aylantirgan edi. Bir necha yil o'tib, muammo hal bo'lgani yo'q.
Jamoa jarohatlardan aziyat chekkani tufayli muammoli chiziqlarni kuchaytirdi. Yozda «Santyago Bernabeu»ga ikki qanot himoyachilari — Trent Aleksander-Arnold va Alvaro Karreras ko'chib keldi. Bir qarashda tarkibda yangi variantlar paydo bo'lgandek, ammo vaziyat aytarli o'zgarmadi: hali ham vaqti-vaqti bilan xavbeklar Valverde va Kamavinga qanotlarda to'p tepishiga to'g'ri keldi.
Etiborli jihati Arbeloa negadir ikki qanot himoyachilarini ignor qilmoqda. Murabbiy Dani Karvaxal va Fran Garsiyadan boshqa istalgan futbolchini tushirishga rozidek. Tajribali futbolchi Alvaro qo'l ostida barcha musobaqalarda bor yo'g'i 27 daqiqa o'ynagan bo'lsa, Franda — 78. Ispan mediasida futbolchilar va murabbiy o'rtasida kelishmovchilik borligi aytilmoqda.
Bu borada «Real»ning oxirgi o'yini vaziyatni yanada oydinlashtirgandek. Arbeloa «Valensiya»ga qarshi o'yinga bir yo'la 3 nafar o'ng qanot himoyachisini olib keldi, lekin asosiy tarkibda eng kutilmagan tanlov bo'ldi — 21 yoshli kanterano David Ximenes. U shu kuni La Ligada debyut qildi. Karvaxal va Trent uning harakatlarini zaxira o'rindig'idan tomosha qilishdi.
Har ikki tajribali futbolchilar emishki, optimal sport formasida emas. Biroq AS nashri Karvaxal «Mestalya»ga to'liq tayyor holda etib kelganini takidladi. Avvalroq, «Real» sardor hattoki tizzasini tibbiy tekshiruvdan o'tkazish uchun o'zi Londonga borib kelgan hamda murabbiylar shtabiga tibbiy xulosani taqdim etgan. Ustiga-ustak yanvar oyida u ikki o'yinda maydonga tushgan, mashg'ulotlarga esa yil boshidanoq qo'shilgan edi.

Karvaxal va Arbeloa o'rtasida jiddiy mojaro yuzaga keladigan ko'rinadi. Dani o'yin amaliyotisiz qoldirilayotganidan o'ta norozi — sababi 34 yoshli futbolchi faoliyatidagi ehtimoliy oxirgi JCHni o'tkazib yuborishi mumkin. Jurnalist Edu Agirre futbolchi va murabbiy deyarli gaplashishmayotgani haqida malum qilgan.
Karvaxalga vaziyat yoqmayotgani «Valensiya» bilan o'yin oxirida telekameralarga ham tushib qolgan — ispaniyalik jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Antonio Pintus bilan agressiv ohangda nimalarnidir gaplashayotgani. "The Athletic" malumotiga ko'ra, Dani hattoki JCHdan avval sport formasini tiklash maqsadida «Real»dan ketish haqida ham o'ylamoqda.
Arbeloaning qarama-qarshi qanot vakili Garsiya bilan ham munosabatlari havas qiladigan holda emas. Alvaro uni uni bor yo'g'i ikkita o'yinda maydonga tushirdi, vaholanki uning raqobatchilaridan kamida bittasi — Ferlan Mendi anchadan buyon lazaretda.To'g'ri, yozda chap qanot himoyasiga Karreras olib kelindi, biroq Fran hatto Alvaro yo'qligida ham o'ynamayapti. Misol uchun 22-turda "Rayo Valekano" bilan bahs (2:1) chap qanotda Kamavinga tushdi, Karreras va Garsiya esa o'yinni o'rindiqdan tomosha qilishdi.
Yanvar oyidagi transfer oynasi davrida «Madrid» ispaniyalikni «Bornmut»ga qo'yib yuborishni istamadi va bu Garsiyani qattiq ranjitdi. Ispan mediasining xabariga ko'ra, Arbeloa o'ziga nisbatan adolatsizlik qilmoqda va o'yin amaliyotisiz qoldirmoqda. Misol uchun Alvaro kelguniga qadar ham Fran asosiy tarkib azosi hisoblanmagan, ammo zaxiradan o'yinga qo'shilib turardi va hattoki 7 bor uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.

Katta ehtimol bilan 26 yoshli himoyachi yozda jamoadan ketadi. Garsiyaning shartnomasi 2027 yil iyun oyigacha mo'ljallangan, futbolchi kelishuv muddatini uzaytirish niyatida emas. «Real» futbolchisini tekinga qo'ldan chiqarmaslik uchun tezroq harakat qilishiga to'g'ri keladi.
Rahbariyatga ham murabbiy qarorlari yoqmayapti
Arbeloa «Real»da bor yo'g'i bir oy ishlagan bo'lsa-da, uning klubdagi holatini bir muncha yumshatib gapirganda barqaror emas deyish mumkin. Sport.es xabariga ko'ra, murabbiy futbolchilarning "erkatoyligidan" aziyat chekmoqda, manba bu holatni o'yinchilar "diktatura"si deb atadi. Yil boshida Xabi Alonso shu kabi muammoga duch kelgandi. Malum bo'lishicha, murabbiy bilan taktik qarorlar borasida nafaqat Karvaxal va Fran Garsiya, balki jamoaning boshqa futbolchilari ham rozi emas.
Shu bilan birga yosh murabbiy rahbariyat tomonidan ham bosim ostida qolmoqda. COPE malumotlariga ko'ra, bosslar Arbeloaga yarim himoyachilar Valverde va Kamavinga borasidagi eksperimentlarga chek qo'yish kerakligini aytishgan — klubda etarlicha qanot himoyachilari bor.
Umuman olganda, rahbariyat haq — har ikki qanotda uch nafardan asl poziciyasi himoyachi bo'lgan futbolchi bor. To'g'ri, Valverde va Kamavingani qanotga o'tkazishni Arbeloa boshlamagan, biroq hozir bunga ehtiyoj yo'q. Ustiga-ustak yarim himoyachilar ochiqchasiga boshqa poziciyada o'zlarini noqulay his qilishlari haqida gapirishgan.

«O'ylashicha, men yarim himoyada yaxshiroq o'ynayman. Men Kroos, Modrich va Kazemiro bilan raqobatda katta bo'lganman. Hozir o'zimni «Real» yarim himoya chizig'ining ustunlaridan biridek his qilaman. Murabbiy menga himoyaning o'ng qanotida o'ynash unchalik yoqmasligini biladi, lekin jamoaga kerak bo'lganida yordam berishga doim tayyorman», — degan edi Valverde sentyabrda.
Futbolchilarga o'yin vaqti etkazish muammosi Xabi Alonsoda ham bo'lgan. Misol uchun murabbiy bir vaqtning o'zida Arda Gyuler va Jud Bellingemni o'ynata olmasdi. Parallel ravishda mediada Alonsoning kiyinish xonasidagi muammolari haqida insaydlar tarqalardi. Voqealar rivoji shunday davom etsa, Arbeloada ham shunday holat bo'lishi hech gap emas — murabbiy bir oydayoq ikki futbolchi bilan kelisholmay qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar
Real Madrid tepgan qaysi penalti notoʻgʻri boʻldi javob berchi
Лекин охирги ўн бир йил ичида беш маротаба чемпионлар лигасини ютган реал мадридда икки мавсум пасайиш кузатилса буни как трагедиядек муҳокама қилинади.
Кеча тухумдан чиққан. Жамоаси ўн йилда маҳаллаларо кубоқ хам ютмаган, охирги бир йил ичида футбол ўйнаш эсига тушган жамоа муҳлислари ўзларидан ўн бешта кам эксперт ясаб "пенальти" бало баттар деб валдирашини ўқисанг одамни энсаси қотади)))