Qirg'iz futbolida ro'y berayotgan katta hodisa
19 jan 12:30
Yangiliklar
Qirg'iz futbolida ro'y berayotgan katta hodisa
Qirg'iz futboli bizga asosan terma jamoa darajasida va Osiyo Kubogi kabi katta musobaqalardagi ishtiroki bilan qiziq. Qolgan vaqti esa qo'shnilarimiz futboli haqida ko'p xabarlar eshitmaymiz, ammo so'nggi yillarda futbol sport turi ushbu mamlakatda ham katta o'sishga erishdi. Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi 2019 yilgi Osiyo Kubogida o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogida ishtirok etdi. Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazilgan musobaqada qo'shnilarimiz guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazib, 1/8 finalga qadar etib borishgandi. Pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida qirg'izlar mezbon BAA terma jamoasi bilan to'qnash kelishgan va faqatgina qo'shimcha taymlarda 2:3 hisobida mag'lub bo'lishgandi. Tajribali mutaxassis Aleksandr Krestinin mamlakat terma jamoaisini deyarli 10 yil vaqt davomida boshqargan. Krestinin keyinchalik "Bunyodkor" va "Lokomotiv"da ham bosh murabbiy bo'lib ishlaganidan xabaringiz bor.
O'tgan yili esa Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba mundial saralashining uchinchi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Endi asosiy mavzu, Qirg'iz futbolida bo'layotgan o'zgarishlarga qaytsak.
2024 yil 20 dekabr kuni "Qirg'iziston professional futbol ligasi" associaciyasi Yuridik shaxslar birlashmasi azolarining navbatdagi umumiy kengash yig'ilishi o'tkazildi.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi va ko'rib chiqildi: QPFL(Qirg'iziston Professional Futbol Ligasi) tarkibiga yangi azolarni qabul qilish, tashkilotning o'tgan mavsum uchun hisoboti va kelgusi 2025 yil uchun tayyorlagan rejalari taqdim etildi.
Umumiy yig'ilishning yakdil qarori bilan 4 ta yangi klub: "Aziyagol" (Bishkek), "Bars" (Qorako'l), "Bishkek siti" (Bishkek) va "O'zgөn" (O'zgen) QPFL azoligiga qabul qilindi. SHu tariqa, 2025-yilgi mavsumda Qirg'iziston Respublikasi Premer-liga jamoalari o'rtasidagi chempionatda 14 ta klub ishtirok etadi. Bunga qadar ishtirok jamoalar soni 10ta edi.
Liga ishtirokchilari sonini suniy ravishda kengaytirish qanchalik to'g'ri qaror ekanligi, ushbu klublar qaerdan va qanday qilib yaratilayotgani va ushbu qaror mamlakat futbolini rivojlantirish yo'lida qanday foyda keltirishi mumkin degan savollar bilan saytimizning yaqin do'sti va Qirg'iz futboli eksperti Tengelbes Musaevga murojaat qildik. (Musaevning telegram kanali @tengelbes va "TM Podcast" podkasti)
- 20 dekabr kuni QPFLning navbatdagi yig'ilishida mamlakat chempionatida to'rtta yangi klub ishtirok etishi haqidagi qaror qabul qilindi. Endi chempionatda avvalgidek 10 ta emas, 14 ta jamoa ishtirok etadi. Bu qarorning sabablarini bilasizmi? Nega bunday qaror qabul qilindi?
- Bunday qaror qabul qilinishning asosiy sababi, ichki chempionatning kuchsiz darajasi deb hisoblashimiz mumkin. Sir emaski, Qirg'iziston Premer-ligasining saviyasi juda past. Bunga dalil sifatida, OFKning klublar reytingidagi egallab turgan o'rni. Qirg'izistonning faqatgina bitta vakili(aynan mamlakat chempioni) Osiyodagi klublar o'rtasidagi o'tkaziladigan musobaqalarga yo'llanma oladi. U ham bo'lsa faqatgina OFK CHaqiruv Ligasiga va faqatgina pley-off saralash bosqichi orqali, yani hatto ushbu musobaqaga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma berilmaydi.
Kuchli ichki chempionatsiz sifatli milliy terma jamoa yig'ib bo'lmaydi. Yoshlar, o'smirlar va mamlakatning asosiy terma jamoasi darajasida ham. Premer-Ligadagi ishtirokchilar sonining ko'paytirilishi ham aynan shu sabablarga bog'liq. Ko'proq jamoalar - kuchliroq raqobat, yanada kattaroq geografiya va qamrovdir. Ko'proq jamoalar - kelajakda milliy terma jamoaga chaqirilishi mumkin bo'lgan ko'proq o'yinchilar soni.
Yangi klublar qaerdan va qanday paydo bo'lganining sabablari menga nomalum. Bu voqeiylik barcha uchun kutilmaganda ro'y berdi. Sababi, yangi tashkil etilayotgan to'rtta klubning uchtasi noldan tashkil qilinmoqda. Ilgari faoliyat yuritgan yagona klub - "Aziyagol". U ham bo'lsa faqatgina bolalar futbol akademiyasi darajasida mavjud edi. Kattalar jamoasi endi paydo bo'ldi.
- "Aziyagol," "Bishkek Siti," "Bars" va "O'zgen" klublari milliy chempionatning yangi ishtirokchilari bo'ladi.Ular haqida nimalarni bilishimiz kerak? Bu yangi jamoalar qay tarzda paydo bo'ldi?
- "Aziyagol" haqida gapirib o'tsam. Ushbu klub bunga qadar ham faoliyat yuritayotgan edi, akademiya darajasida bo'lsa ham. Endi esa ushbu klub rahbari professional klub tashkil qilishga qaror qildi. SHunday qilib, ushbu klubda to'liq tizim yaratildi, barcha yosh toifadagi jamoalar bilan. "Aziyagol" safida tarbiyalanayotgan yosh futbolchilar endi asosiy jamoa tarkibiga o'tishga harakat qilishadi. Klub prezidenti - Bobur Tolbaev. Tolbaev Qirg'izistonda mashhur tadbirkor va mecenat. Bosh murabbiy kim bo'lishini esa hali rasman elon qilishmadi, lekin jamoani Islom Ahmedov boshqaradi degan malumot paydo bo'ldi. Ahmedov "Abdish-Ota" bilan ikki marotaba chempion bo'ldi va OFK Kubogi yarim finaliga qadar etib bordi, biroq klub tajribali mutaxassis bilan shartnomani uzaytirmadi va yangi taklif bermadi. Islom Ahmedov "Aziyagol"ni boshqarishiga yana bir sabab, ushbu jamoada direktor va murabbiy yordamchisi sifatida tayinlangan shaxslar, bunga qadar Ahmedov bilan "Abdish-Ota" safida birga ishlashgan.
"Bishkek Siti" - bu noldan boshlanayotgan mutlaqo yangi loyiha. Klub rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga braziliyalik mutaxassisni taklif qildi. Unga Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi va "Andijon" sobiq futbolchisi Edgar Bernxardt yordam beradi. Klub allaqachon bir qator braziliyalik futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini elon qilgan. Hozir jamoa faol tarzda yig'inlar o'tkazmoqda va o'yinchilar bir-birlarini o'rganishmoqda. Ushbu loyihani Narimon Tyuleevga aloqador ekanligini aytishmoqda.
"Bars" - bu yana bir debyutant jamoa. Klub Qorako'l shahri sharafini himoya qiladi. Umumiy olganda, butun Issiq-Ko'l viloyatini. Ancha vaqtdan beri mamlakat Oliy ligasida ushbu viloyatdan birorta jamoa yo'q edi. 2000-yilda "Issiq-Ko'l" klubi (chempionatdagi so'nggi o'rin, 22 ta o'yin: 1ta g'alaba, 1ta durang va 20ta mag'lubiyat) va 2011-yilda (jamoa mavsum davomida musobaqani tark etishga qaror qiladi). Hozir esa bu juda katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo'lgan ulkan loyiha. Klub chempionlikka asosiy davogarlardan deb hisoblanmoqda. Bosh murabbiy lavozimiga alohida etibor berilmoqda. Jamoani esa barchaga tanish bo'lgan Aleksandr Krestinin boshqaradi. Hozirning o'zidayoq ushbu jamoaga o'tgan Qirg'iziston milliy terma jamoasining bir qator tajribali o'yinchilari/sobiq o'yinchilarini aytib o'tish mumkin. SHuningdek, tarkib legionerlar(asosan rossiyaliklar) va bir nechta mahalliy futbolchilar bilan to'ldirilishi mumkin. Hech qaerda "Bars" klubi prezidenti yoki egasi kim ekanligi haqida ochiq malumot yo'q, ammo ko'plab muxlislar izohlarda, klub futbolni juda yaxshi ko'radigan va o'zi Issiq-Ko'l viloyatida tug'ilgan mamlakat prezidentining simpatiyasiga ega bo'ladi degan taxminlarni bildirishmoqda.
"O'zgen" - taxminan 70 ming kishilik shaharda tashkil etilgan klub va Qirg'iziston futbol xaritasidagi yangi nuqta. To'g'risini aytsam, "O'zgen" qachon mamlakat oliy ligasida ishtirok etganini va umuman bunday hodisa bo'lgani yoki sodir bo'lmaganini, bilmayman. Klubni boshqarish mahalliy yosh mutaxassis Nodirbek Mamadalievga topshirildi. Mamadaliev bir qator klublar, yoshlar va milliy terma jamoada ishlagan, ammo bu uning Premer-liga klubi bosh murabbiyi sifatidagi birinchi tajribasi bo'ladi. Klub faol transfer siyosatini olib bormoqda va sifatli futbolchilarni taklif qilmoqda. Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, "O'zgen" homiysi "Red Petroleum" yoqilg'i quyish shoxobchalari tarmog'i bo'ladi.
- Yangi tashkil etilgan to'rt klubning qaysi biri o'z oldiga kattaroq maqsadlar qo'ymoqda va qaysi jamoaning ambiciyalari kattaroq?
- SHubhasiz, bu "Bars". Klub futbolchilarga juda yaxshi shartnomalar taklif qilmoqda, chet ellik o'yinchilar va mutaxassislarni taklif qilindi. Mashg'ulot jarayoni uchun juda yaxshi sharoit yaratilmoqda va Turkiyada o'quv mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish rejalashtirilgan. Menga malum bo'lishicha, klub FNLning "Enisey" va "CHayka" jamoalari bilan nazorat o'yinlarini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan. Endi faktor - bosh murabbiyning kim ekanligi.
- Ushbu klublarda normal faoliyat yuritish uchun etarlicha infratuzilmaga egami?
- Bu savolga aniq bir javob bera olmayman. Bir tomondan "ha", bir tomondan esa "yo'q". Misol tariqasida "Aziyagol" klubiga qaraylik. Klub prezidenti Issiq-Ko'l sohilida joylashgan pansionatga egalik qiladi. Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni o'sha erda o'tkazadi. Klub mavsum davomidagi pauzadan foydalanib, istalgan vaqtida o'sha bazada yig'in o'tkazishi mumkin. Ko'pchilik klublar bunday sharoitga ega emas va bunga qurbi etmaydi, biroq klubning Bishkekda stadioni yo'q. Jamoa o'z o'yinlarini qaerda qabul qilishini bilmayman.
Yoki "Bars"ni olaylik. Yozgacha jamoa "Muras Yunayted"ning yangi qurilgan bazasida joylashadi. Ammo keyinchalik, Qorako'ldagi stadionda tamirlash ishlari yakunlanganidan so'ng klub o'sha erga ko'chib o'tadi va uy o'yinlarni qabul qiladi. "Bishkek siti" va "O'zgen" infratuzilmasi haqida hech qanday malumotga ega emasman. Faqat shuni aytishim mumkinki, hozir ikkala klub ham faqatgina mehmon jamoa sifatida ishtirok etmoqda. "Siti" Qirg'iziston futbol Ittifoqi akademiyasi hududida, "O'zgen" esa O'sh shahridagi akademiya maydonida mashg'ulot o'tkazyapti. Ular rasmiy o'yinlarni qaerda o'tkazishi hozircha nomalum.
- Bu klublarning loyihasi qanchalik uzoqni ko'zlangan holda tuzilmoqda? Klublarni moliyalashtirish qisqarishi tufayli klublar bir necha yildan keyin faoliyatini to'xtatib qo'ymaydimi? Yoki ular Toshkentning "Bunyodkor"iga o'xshab o'rtamiyona jamoa bo'lib qolishadimi?
- Bu savol ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Javobni esa faqat bir muddat vaqt o'tgandan keyin bilib olamiz. Klub rahbarlari va boshqaruvchilari futboldan hafsalasi pir bo'lmasligi va kelajakda loyihaga qiziqishda davom etishlarini xohlaymiz. Eng muhimi, jamoalar rahbariyati o'z qaramog'idagilarning kundalik hayotida faol ishtirok etishini va barcha masalalarga etiborli bo'lishlarini istayman. Har bir mag'lubiyat uchun qayg'urish yoki aksincha, har bir g'alabadan juda xursand bo'lishlari. Futbolchilar esa yaxshiroq natijalarga erishish uchun bor kuchini ishlatishlari kerak. Bunday holatda barcha foyda ko'radi.
- Liga ishtirokchilari soni ko'paytirilganining qanday foydali jihatlari bor deb o'ylaysiz?
- Kelajakda bu o'z mevasini berishi aniq. Ushbu qarorlar natijasi ko'rina boshlaydi, ammo hozir emas. Jamoalar qanchalik ko'p bo'lsa, o'yinchilar soni shunchalik ko'p bo'ladi. Demak, milliy terma jamoa bosh murabbiyi uchun tanlov yanada ko'proq bo'ladi. Yani har bir poziciyada ko'proq raqobat bo'ladi. Darajasi o'sib ketgan o'yinchilar, mahalliy chempionati kuchliroq mamlakatlarga ketishadi, ularning o'rnini esa yangi istedodlar egallaydi.
Qisqa muddatli istiqbolda esa, bu yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Maydondagi legioner futbolchilar uchun limit sakkiztagacha oshiriladi. SHunday qilib, ko'plab mahalliy futbolchilar o'yin amaliyotisiz qolib ketishadi. JCH-2026 saralashida ishtirok etayotgan terma jamoamiz bosh murabbiyi uchun yana bir muammo paydo bo'ladi.
- Bu qaror ichki raqobatni va mahalliy futbolni rivojlantirishga hissa qo'sha oladimi? Sizningcha, bu qaror qanchalik to'g'ri?
- Mening fikrim har doim to'g'ri bo'lib chiqavermaydi. Bu masalada mendan ko'proq biladigan va yaxshiroq tasavvurga ega mutaxassislar bor, lekin mening shaxsiy fikrimga ko'ra, yangi tashkil etilgan jamoalar birdagina eng yuqori divizionga yo'l olishlari noto'g'ri. Ular qo'yi ligalardan o'tishi kerak. Milliy Ligada bir mavsum bo'lsa ham qatnashishlari kerak. Etarli infratuzilma yaratilishi, xodimlarning kvalifikaciyasi oshirilishi, qandaydir tizimli struktura barpo etishlari kerak. Oddiy tajriba orttirib, keyingi qadamni tashlashlari kerak. Hozir esa vaziyat butunlay boshqacha. SHoshilinch ravishda shartnomalar imzolanmoqda, nafaqat futbolchilar, balki xodimlar(shifokorlar, menejerlar, massajistlar va boshqalar) bilan ham. Klublar hatto to'liq jihozlanib ulgurmagan, shoshilinch ravishda Instagram sahifalari va Chat GPT yordamida logotiplar yaratilgan. Taqqoslash uchun, iqtisodiy va futbol o'lchovlari bo'yicha juda rivojlangan Janubiy Koreya chempionatida Premer-ligadagi jamoalar soni biznikidan ham kam - 12 ta.
- Yangi mavsumdan kutilmalaringiz qanday?
- Hozircha javoblardan ko'ra savollar ancha ko'proq, ammo yangi mavsum juda qiziqarli bo'lishi aniq. Gap faqat yangi klublarda emas, ko'pgina liga ishtirokchilari katta o'zgarishlarga qo'l urishdi. Masalan, o'tgan mavsumdagi jami 10ta ishtirokchi jamoaning naqd 6tasi yangi chempionatni yangi bosh murabbiylar bilan boshlashi mumkin. Yangi murabbiy, har doim katta o'zgarishlar degani. SHu sababli, juda ko'p futbolchilar o'z klublarini o'zgartirishmoqda, vaholanki Liga startiga bor-yo'g'i 1,5 oy vaqt qoldi. SHuningdek, bizda VAR tizimini to'liq joriy etish va o'yinlarni kechqurun o'tkazish rejalashtirilmoqda, bunday o'zgarishlardan muxlislar yutadi. Umuman olganda, bu juda qiziqarli bo'ladi va hamma yangi mavsumni intiqlik bilan kutmoqda.
Mintaqamizdan yana bir misol
2023 yilning 1 aprelida Turkmaniston Futbol Federaciyasining navbatdan tashqari o'tkazilgan yig'ilishida, yangi "Arqadag'" jamoasini milliy chempionatning eng yuqori divizioniga qabul qilishadi. Jamoa dastlabki mavsumning o'zidayoq chempionlikni qo'lga kiritadi va 24ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, 100% foizlik natija bilan Liga g'olibligini qo'lga kiritgandi.
Biroq ushbu klub Turkmanistonning sobiq prezidenti va Turkman xalqining etakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Turkmaniston siyosiy rejimining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, mamlakatning barcha eng yaxshi o'yinchilari darhol klubga qo'shilgan. Hatto "Arqadag'" o'ziga kerakli futbolchilarni sotib olishi uchun transfer oynasi maxsus uzaytirilgan. Qirg'iziston Premer-Ligasida esa bunday holatlar ro'y bermasligi aniq.
Qo'shnilarimizning futbolida muhim bir voqeiylik ro'y bermoqda. Ushbu qarorlar mamlakat futbolini yangi darajaga olib chiqadimi yoki ushbu loyiha yakunda omadsiz bo'ladimi? Buning barchasini vaqt ko'rsatib beradi. Hozircha esa qo'shnilarimizga omad tilab qolamiz.
Fikrlar