So’nggi yangiliklar

00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  7 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" – "Атлетик". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  14 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  99 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3

Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasi: "Sevinch" ("Nasaf") qachon o'ynaydi? Yangiliklar

Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasi: "Sevinch" ("Nasaf") qachon o'ynaydi?

Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasining ikkinchi bosqichi nihoyasiga etdi.

Ushbu musobaqada yurtimizdan faqat bir jamoa — Qarshining "Sevinch" ayollar jamoasi ishtirok etayotganidan xabaringiz bor. Ichki chempionatda "Sevinch" nomi ostida maydonga tushayotgan jamoa xalqaro maydonda "Nasaf" nomi bilan qatnashmoqda.

Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasining formati biroz boshqacha ishlab chiqilgan. O'yinlar asosan markazlashgan tartibda o'tkaziladi. Dastlabki bosqich o'tish bosqichi bo'lib, bunda 19 ta jamoa kurashga kirishdi. "Sevinch" ham o'z ishtirokini o'tish o'yinlaridan boshladi. Nepalning APF, Tailandning "Osiyo kolleji" hamda Saudiya Arabistonining "Al Nassr" qizlar jamoalari bilan bellashuvlarda "Sevinch" g'alaba qozonib, 9 ochko bilan musobaqaning guruh bosqichiga yo'l oldi.

Guruh bahslari markazlashgan tartibda Xitoyda tashkil qilindi va 12 ta jamoa to'rttadan uch guruhga bo'lindi. "B" guruhida bahs olib borgan "Sevinch" ("Nasaf") avvaliga mahalliy "Vuhan Jiangda" bilan 1:1 hisobida durang o'ynab, ikkinchi uchrashuvda Eronning "Bam Xatun" jamoasiga kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi va uchinchi bahsda Hindistonning "Ist Bengal" jamoasidan 3:0 hisobida ustun kelib, natijada 4 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rin bilan chorak finalga yo'l oldi.



1/4 final qachon bo'ladi?

Musobaqaning guruh bosqichida 12 ta jamoa qatnashganini aytib o'tdik. Chorak finalga 8 ta jamoa chiqishini hisobga olsak, bu o'rinda guruh g'oliblari (3 ta jamoa) bilan eng yaxshi ikkinchi o'rin egasi (+1 jamoa) birinchi savatchaga tushirildi. Natijada shu jamoalar chorak finalni uyda o'tkazishadi. Guruhdan ikkinchi va uchinchi o'rinlar bilan chiqqan (2+2) eng yaxshi to'rtta jamoa ikkinchi savatchada bo'ladi va bu jamoalar 1/4 finalni safarda o'tkazadi.

Shunday qilib, "Melburn Siti" (Avstraliya), "Vuxan Jiangda" (Xitoy), "Tokio Verdi" (Yaponiya) va "Negoyang" (KXDR) chorak finalni o'z maydonida, "Xoshimin" (Vetnam), "Sevinch" (O'zbekiston), "Suvon" (Janubiy Koreya) va "Stallion Laguna" (Filippin) esa safarda o'ynaydi.


Bitta guruhda raqib bo'lgan jamoalar bir-biriga tushmasligini hisobga olsak, "Sevinch" yanvarda bo'ladigan qura jarayonida aniq Xitoyning "Vuxan Jiangda" klubiga tushmaydi, chunki bitta guruhda o'ynashdi. "Sevinch" chorak finalni o'tkazish uchun kelasi yilning mart oyida Avstraliya, Yaponiya yoki Shimoliy Koreyaga boradi. 1/4 final uchrashuvlari 22-23 mart kunlariga belgilangan.

Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasining yarim final hamda final uchrashuvlari yana markazlashgan tartibda o'tkaziladi. Lekin hozircha qaerda bo'lib o'tishi malum emas. Muddati esa aniq: 20 may yarim final, 23 may final. Agar "Sevinch" chorak finaldan o'tadigan bo'lsa, balki yarim final va finalni o'zida qabul qilish uchun O'FA ariza topshirishi mumkin. Buni esa vaqt ko'rsatadi.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
02 dek 15:49:45
БЕК@
Насафни у ёқдан (элит ОЧЛ) излаб юрибмиз. Насаф бу ёқда эканку
   
02 dek 19:54:32
Шухрат
Бир кора бола келиб йуколиб колуди севинчда экан
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика