Roberto Karlos bir paytlar Madriddagi emakxonalardan birida Ronaldo bilan burger egani haqida gapirib berdi

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2026, 15:50
Braziliyalik sobiq futbolchi Roberto Karlos Ronaldo bilan bog'liq kichik hikoyani eslab o'tdi.

"Real Madrid"da Ronaldo bilan bitta xonada yashaganmiz. Bir kuni tunda juda zerikdik va mashg'ulotlar markazidan yashirincha chiqib, Madrid ko'chalaridan biridagi oddiygina tez ovqatlanish emakxonasiga kirdik. Egnimizda sport kiyimi edi va bizni hech kim tanimaydi deb o'ylagandik. Lekin, ichkarida o'tirgan 10 kishi bizni ko'rib hayratdan qotib qolishdi. Ronaldo ko'zlarini ham qirmirlatmay shunday dedi: "Biz shunchaki ochmiz, iltimos, bizga burgerlarimizni tinchgina eb olishimizga imkon bering va bu narsa sir bo'lib qolsin". O'sha kecha o'sha 10 kishi bilan birga burger edik va ertalabki soat 4 gacha futbol haqida gaplashib o'tirdik. Keyingi kun esa dunyoning eng professional o'yinchilaridek maydonga tushib o'yinda g'alaba qozonganmiz".

gettyimages-1190720417-2048x2048.jpg

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/footballcritix