Ronaldu va boshqalar Globe Soccer Awards talqiniga ko'ra Yaqin Sharqning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod bo'ldi

19 noya 2026, 07:55
Globe Soccer Awards X ijtimoiy tarmog'ida "Yaqin Sharqda yilning eng yaxshi futbolchisi" - 2026 mukofotiga nomzodlarni e'lon qildi.

Nomzodlarning yakuniy qisqa ro'yxatiga 10 nafar futbolchi kiritildi: Joau Feliks, Sadio Mane, Krishtianu Ronaldu (barchasi - "Al Nacsr"), Musab Al-Juvayr, Xulian Kinones (ikkalasi - "Al Qodisiya"), Yassin Bunu, Ruben Nevesh (ikkalasi - "Al Hilol"), Eduard Mendi, Ayvan Toni (ikkalasi - "Al Ahli"), Sufyon Raximi ("Al Ayn").

Globe Soccer Awards - yil yakunlariga ko'ra eng yaxshi o'yinchilar, murabbiylar, klublar, agentlar va boshqa futbol arboblari taqdirlanadigan yillik futbol mukofoti. Taqdirlash marosimi ananaviy tarzda dekabr oyi oxirida BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar

Manba: Globe Soccer Awards X