Xiddink: "Futbolchi jamoaga bir umr sodiq bo'lishi uchun qasam ichadigan davrlarga qaytmaymiz"

Aslanov Jasurbek
7 fev 2016, 13:14
"Chelsi" bosh murabbiyi Gus Xiddin jamoaning kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga tusha olmasligi borasida fikr bildirdi.

"Barcha jamoalar Chempionlar ligasida o'ynashni istaydi, ammo doimo cho'qqida qolishning iloji yo'q. Bazida tarkibni o'zgartirish, strategiyani yangi tuzish kerak bo'ladi. Bu o'yin falsafasi, jamoa maqsadlariga ham bog'liq. Agar CHLda bir yil ishtirok etolmay, ammo unga qaytish uchun katta kuch sarflasang, buni ko'rgan futbolchilar jamoada qolishni istaydi.

Hammasi klub maqsadlariga bog'liq. Futbolchi jamoaga bir umr sodiq bo'lishi uchun qasam ichadigan davrlarga qaytmaymiz. Bugungi kunda yaxshi reja va yaxshi jamoa futbolchilar uchun qiziq ko'rinadi" - deydi Xiddink.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Chelsea