Gus Xiddink murabbiylik faoliyatini tugatganini ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021
Tajribali murabbiy faoliyatini yakunladi.

74 yoshli niderlandiyalik murabbiy Gus Xiddink faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi. Murabbiy Kyurasao termasini boshqarib kelayotgandi.

"-So'nggi vaqtlarda koronavirus sabab faoliyat olib bormadim. Kecha jamoa rahbariyati bilan gaplashdim va hamkorlikni tugatib pauza olishga qaror qildim.

- Gap faqat pauza haqidami?

-Yo'q, men faoliyatimni tugatdim",-deydi Gus Xiddink.

Eslatib o'tamiz, Gus Xiddink o'z faoliyati davomida "Real Madrid", "Chelsi", PSV, "Valensiya" kabi jamoalarni boshqargandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbal International