Gus Xiddink: "Rus klublari evrokuboklarga yaqin besh yilda qaytmasa kerak. Sababini hamma biladi"

Administrator
21 fev 2024, 20:41
Rossiya klublarining evrokuboklarga qaytishi masalasida murabbiyning kutilmalari ijobiy emas.

Taniqli murabbiy Gus Xiddink Rossiya klublarining qita turnirlariga qaytishi bo'yicha fikr bildirdi. Ma'lumot uchun, FIFA va UEFA 2022 yilda rus klublarini xalqaro musobaqalardan chetlatgandi.

"Rus klublari qachon evrokuboklarga qaytishini bilmayman. O'ylashimcha, bu yaqin besh yil ichida amalga oshmaydi. Buning sababini hamma yaxshi biladi", -deydi Gus Xiddink.

Eslatib o'tamiz, Gus Xiddink qo'l ostida Rossiya terma jamoasi Evro-2008 yarim finaliga qadar yetib borgandi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: «РБ Спорт»