

Bu haqda The Times xabar beradi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, u prezidium a'zolariga mundial va klublar o'rtasidagi jahon chempionatining kengaytirilishini ilgari surmasligini ma'lum qilgan. Iyul oyida Infantino FIFA jahon birinchiligini 64 ta jamoagacha kengaytirishga qodirligini davo qilgan edi.
Shundan so'ng FIFA tashkilotning tijorat faoliyati va turnirlar o'tkazilishini birlashtiruvchi FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tashkil etish niyatda ekanini e'lon qildi va xususiy investorlarni undan ulush sotib olishga taklif qildi. Ushbu tashabbus Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining salbiy munosabatiga sabab bo'ldi, u agar loyiha bekor qilinmasa, FIFA musobaqalarini boykot qilish bilan tahdid qildi. Keyinroq FIFA Infantinoning bayonotini e'lon qildi, unda ushbu tashabbus kelishmovchiliklarni keltirib chiqarganini tasdiqladi va taklif amalga oshirilmasligini qo'shimcha qildi.
Infantino 2016 yildan beri FIFAni boshqarib kelmoqda, avvalroq u 2027 yilda bu lavozimga qayta saylanishga tayyorligini ma'lum qilgan edi. FIFA prezidenti saylovlari kelasi yilning bahorida Marokashda bo'lib o'tadi.



