"Ufa" futbolchilarning maoshini 70%ga kamaytirdi. Bir necha o'yinchilar "FIFPro"ga murojaat qilishgan

8 apr 2020, 21:01
"Ufa" koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilarning maoshini kamaytirdi.

Klub rahbariyati oldindan kelishilmagan holda o'yinchilarga ularning maoshi 70 foizga tushirilishi haqida xat yuborgan. "RB-Sport" xabariga ko'ra, shu tufayli bazi o'yinchilar Xalqaro futbol assotsiatsiyalar federasiyasiga (FIFPro) shikoyat qilishgan. Endi mazkur tashkilot tomonidan "Ufa"ga davo arizasi yuborilishi mumkin.

Avvalroq futbolchilar orasidan faqat Aleksandr Belenov va Danil Krugovoy maoshining kamayishiga rozi bo'lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq jamoa bosh direktori Shamil Gazizov bu xabarlarni rad qildi.

Oston O'runov - "Ufa"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi!

O'xshash yangiliklar


Manba: РБ-Спорт