Tojikiston bo'yi 2 metrdan uzun bo'lgan darvozabonni mahalliylashtirdi

Khoja
23 fev 2024, 11:05
“Ufa” darvozaboni Oleg Baklov endi Tojikiston terma jamoasida harakat qilish imkoniga ega bo'ldi.

Tojikistonning Taboshare shahrida tug'ilgan, biroq yoshligida Rossiyaga ko'chib ketgan darvozabon tug'ilgan yurtining bosh jamoasini himoya qilishga rozilik bergan. Bo'yi 202 sm bo'lgan darvozabon mart oyida bo'lib o'tadigan JCH-2026 saralash uchrashuvlarida Tojikiston safiga kelib qo'shilishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/fft_official