

"Mashnasporte" nashrining yozishicha, unga "Dinamo Mx" va "Rubin"dan variantlar bor.
Futbolchi Eron mamlakatidagi siyosiy holat sababli "Persepolis" xo'jayinlaridan shartnomani bekor qilishni so'ragan. Biroq klub unga rad javobini bergan. "Persepolis"ga esa transferlar oynasi ochilganda uni istalgan chempionatga ijaraga berish taklifini yo'llashgan.
RPLda 26 iyul kuni transfer oynasi ochiladi.
Maxachkalaning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Vadim Evseev O'runovga begona emas. Ular birgalikda "Ufa"da ishlashgan. "Rubin"da esa endi imkoniyatlar past. Chunki u erdagi futbolchining yaxshi tanishi bo'lgan Rashid Rahimov jamoani tark etgan. Shu sababli endi Oston O'runov eng kamida yozgacha individual tarzda shug'ullanib turadi.
Oldinroq O'runovga "Andijon" tomonidan taklif borligi aytilgandi. Jamoa ustozi Samvel Babayan agarda imkoniyat bo'lsa, futbolchini tarkibga qo'shib olishini ma'lum ham qilgandi.
O'runov ushbu mavsumda "Persepolis" tarkibida 21 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.



