Ukraina terma jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadigan davlatlar ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
12 iyul 2024, 01:29
Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UFA) ijroiya qo'mitasi milliy terma jamoa Millatlar ligasida uy o'yinlarini o'tkazadigan davlatlar nomini e'lon qildi.

Xabar berilishicha, Sergey Rebrov boshchiligidagi milliy terma jamoa 7 sentyabr kuni Chexiyada Albaniyani, 11 va 14 oktyabr kunlari Polshada Gruziya va Chexiyani qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, Ukraina terma jamoasi Chexiya, Albaniya va Gruziya bilan birgalikda “B” ligasining 1-guruhidan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: uaf.ua