

Kuni kecha u klub rahbariyati bilan uchrashib o'z yurtida harbiy xizmatni o'tash majburiyati bilan chaqirilayotganligini ma'lum qildi. Ushbu asosga ko'ra, klub va legioner futbolchi Kim Boyong bilan amaldagi shartnoma ikki tomonlama muddatidan avval bekor qilindi.
"Turon" futbol klubi Kim Boyongning jamoadagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan xolda unga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qoladi" - deb yozadi "Turon" matbuot xizmati.
Avvalroq, saytimizda mazkur xabar "Eshitdik-da!" rukni orqali ma'lum qilingandi.



