Shirer "Barsa"ning "Chelsi"ga qarshi bahsdagi himoyasi haqida: "Maydonda go'yo to'rtta maneken turganday edi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2025, 19:03
Angliya terma jamoasi sobiq forvardi Alan Shirer "Chelsi"ning "Barselona" ustidan CHL o'yinidagi (3:0) g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"Ular ishlashda davom etishmoqda. "Chelsi" bunga munosib. "Aristokratlar" o'yinlarini yana mukammal darajaga etkazishmoqda.

Men bir necha marta ofsayd tuzoqlarini ko'rganman, lekin bu mutlaqo aqlsizlik. Go'yo maydonda to'rtta maneken turgan va: "Qanday gol urishni xohlaysiz, yigitlar?" – deb turganday. Bazi paytlarda bunga ishonish qiyin edi, "Chelsi"ning himoyani qay darajada oson bosib o'tayotgani va "Barsa"ning juda g'alati o'ynayotgani haqida so'z topolmayman", – dedi Shirer Amazon Prime efirida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Amazon Prime