Shakiri Italiya top-klubiga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 iyun 2018, 20:15
"Roma" Jyerdan Shakiriga shartnoma taklif qilishga tayyor.

“Calcionews” xabariga ko'ra, rimliklar sport direktori Monchi hujumkor yarim himoyachi izlamoqda. Aynan shu sababli "Roma" uni sotib olishni istamoqda.

Jyerdanni transfer qilish uchun Rim jamoasi "Stok Siti"ga 14 mln evro to'lashi kerak. Oldinroq Shakiri yaqin vaqtlarda klubini tark etishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calcionews