Serxio Ramos "Barselona" bilan o'yin oldidan: "Ular La Liga va Chempionlar ligasi favoriti"

Aziz Tukhtamuradov
29 sen 2023, 08:57
"Sevilya" futbolchisi Serxio Ramos "Barselona"ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Qo'shimcha motivaciya bor, axir ular eng yaxshi jamoalardan biri. Bunday darajadagi raqiblarga qarshi o'ynash - plyus. 

Ular har bir turnirda favorit - La Liga, Chempionlar ligasi... Shuning uchun, ular ustidan qozoniladigan g'alaba o'zgacha xislarni taqdim etadi. Biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilamiz. "Barselona" boshqa stadionda o'ynayotgan bo'lsada, futbolchilar o'sha-o'sha. Jamoa vertikal futbol ko'rsatadi, qanotlari ham tezkor. Bu yaxshi o'yin bo'ladi", - dedi Serxio Ramos. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca