

COPE'ning xabar berishicha, 39 yoshli futbolchi Andalusiyaning "Sevilya" klubi nazorat paketini sotib olishni rejalashtirayotgan investiciya guruhi tarkibiga kirgan.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, avvalroq "Sevilya" Amerika investiciya fondi bilan muzokaralar olib borgan, ammo kelishuv amalga oshmagan. Ushbu muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so'ng klub akciyalari qiymati pasaygan va aynan shu vaziyatdan yangi investorlar foydalangan.
Ramos allaqachon amaldagi akciyadorlarga rasmiy taklif yo'llagan. Qayd etilishicha, aynan unga yirik investiciya guruhi ko'magida klubni sotib olish loyihasini umumiy boshqarish ishonib topshirilgan. Qolaversa, Ramos tomoni taklif qilgan summa shu paytgacha "Sevilya"ning asosiy akciyadorlari qo'lga kiritgan eng foydali summa hisoblanadi.
Shu tariqa, Andalusiya futboli tarbiyalanuvchisi va tarixdagi eng sovrindor himoyachilardan biri o'z ona yurtiga funkcioner va klubning qo'shma egasi sifatida qaytishi mumkin. Bu esa "Sevilya"ning kelajagiga jiddiy ta’sir ko'rsatishi ehtimoldan xoli emas.



