Mourinyu: "Diomandedan juda mamnunman"

Sherzod Nurmatov
19 okt 2026, 13:55
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya chempionatining 9-turi doirasida "Sevilya"ga qarshi o'z maydonidagi g'alabadan so'ng (4:1) hujumchi Yan Diomandening o'yiniga izoh berdi.

19 yoshli kot-d'ivuarlik futbolchi gol muallifiga aylandi.

"Diomandedan juda mamnunman. U hali ko'p narsa ustida ishlashi va yaxshilashi kerak bo'lgan jihatlari talaygina. U hujumlarni yakunlash ustida ishlashi lozim. U ko'plab xavfli nuqtalarda paydo bo'ladi, biroq so'nggi teginish vaqtida xotirjamroq harakat qilishni va yaxshiroq qarorlar qabul qilishni o'rganishi kerak", – dedi portugaliyalik murabbiy matbuot anjumanida.

Diomande 2026/27 yilgi mavsum "Real" safida 11 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Punch Newspapers