Roy Kin: "Saka Angliya safidagi g'alabadan o'zgacha zavq oldi, sababi klubida bunga deyarli imkon yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
6 sen 2021, 13:31
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kin Angliya termasi vingeri Bukayo Sakani Andorraga qarshi o'yindan (4:0) keyin maqtab gapirdi.

Arsenal"ning 20 yoshli futbolchisi bitta gol urdi va ikkita assist qayd etdi.

"Futbolda turli holatlarga tayyor turish zarur. Yoz u uchun ancha qiyin o'tdi, lekin menimcha, u ajoyib yigit.

U ajoyib kunni va o'yinni boshidan o'tkazdi, gol urdi va u o'zgacha zavq olganiga shubham yo'q, chunki klubida unda bunday imkoniyat deyarli yo'q", – deydi Kin.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk