"Roma" urugvaylik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

28 dek 2019, 22:57
"Il Messaggero" nashri xabariga ko'ra, "Kalyari" klubi yarim himoyachisi Naytan Nandes faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabarida aytilishicha, Urugvay terma jamoasi a'zosi "Kalyari" rahbariyati bilan ziddiyatga borgan va yanvarda boshqa klub safiga qo'shilmoqchi. Rimliklar yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, Nandes bilan shartnoma tuzishga qaror qilishgan. Yarim himoyachining ehtimoliy transfer bahosi 26 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Il Messaggero