"Real" direktori Butrageno: "Manchester Siti" bilan buyuk bahs bo'ladi"

Mirjalol Normatov
16 dek 2019, 21:43
"Real" direktori Emilio Butrageno YCHL 1/8 finaliga qur'a yakunlari haqida gapirdi.

"Qaymoqranglilar" ushbu bosqichda "Manchester Siti" bilan kurashadi.

"Qur'adagi barcha jamoalar juda ham kuchli edi. "Manchester Siti" esa har tomonlama ajoyib jamoa. Ular bilan buyuk o'yinlar bo'lib o'tadi. Bu o'yinlarga jiddiy tayyorlanish kerak.

Barcha futbolchilar ushbu turnir biz uchun muhim ahamiyat kasb etishini yaxshi bilishadi va shu boisdan ular ushbu o'yinlarda bor kuchini maydonga tashlaydi", - dedi Butrageno.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com