Butrageno: "Man Siti"ni mag'lub qilish qiyin bo'ladi"

10 iyul 2020, 19:52
Madridning "Real" klubi direktori Emilio Butrageno YCHL pley-off bosqichi qur'a tashlash marosimidan keyin intervyu berdi.

"Biz futbolchilarimizga ishonamiz. Keyingi bosqichga chiqish ularning qo'llaridan keladi. Albatta, "Manchester Siti" juda kuchli raqib. Qarshimizda fantastik futbolchilari bor yaxshi jamoa turibdi. Ularni mag'lubiyatga uchratish juda qiyin bo'ladi. Ammo chorak finalga chiqish uchun buni uddalashimiz kerak", - dedi funkcioner UEFA rasmiy saytiga.

Ma'lumot uchun, ushbu juftlik o'rtasida Madridda o'tkazilgan birinchi o'yinda "shaharliklar"ning qo'li baland kelgandi (2:1).

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com