Mavsumni yuqori kayfiyatda boshlagan navoiyliklar dastlabki uch uchrashuvning barchasida muvaffaqiyatli to'p surib, o'z muxlislarini xursand qilishdi. Shu bois, navoiylik ko'psonli ishqibozlar o'z suyuklilaridan navbatdagi turda ham faqat g'alaba kutishmoqda.
9 aprel kuni Navoiydan yuz nafardan ziyod muxlis “Obod” - “Qizilqum” uchrashuvini tomosha qilish va o'z sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun poytaxtimizdagi “Jar” stadioniga tashrif buyuradi. Navoiylik muxlislar uchun stadionning 7 va 8-sektorlari ajratilishi mo'ljallangan.
“Qizilqum” PFK Muxlislar klubi yetakchisi Shahriddin Ishnazarovning bildirishicha, ayni paytda Toshkentda tahsil olayotgan hamda ishlayotgan navoiylik ishqibozlar ham ular safiga qo'shilishadi.
Murojaat uchun telefon: (+99891) 3333773 - Shahriddin Ishnazarov.
Eslatib o'tamiz, yoshlar ligasi 4-turidan joy olgan “Obod” - “Qizilqum” uchrashuvi 8 aprel kuni soat 16.00 da poytaxtimizdagi “Obod” sun'iy qoplamali maydonida boshlanadi. Asosiy tarkiblar bahsi esa 9 aprel kuni bo'lib o'tadi. Bu o'yin “Jar” stadionida soat 16.00 da boshlanishi begilangan.
“Qizilqum” jamoasi muxlislarini “Jar” stadionida kutamiz!