Pedri "Barselona" futbolchilaridan iborat ramziy termasini tuzdi

Og'abek Samisov
27 mar 2022, 18:40
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "ko'k-anorranglilar" futbolchilaridan iborat o'z ramziy termasini tuzib chiqdi.

"Darvozada ter-Shtegen. O'ng qanot himoyasida Dani Alves - u mening eng yaqin do'stim. Himoya markazida Pike va Erik Garsiya. O'ng qanotda esa Jordi Alba. Yarim himoyachilar: Buskets, Ronaldinyo va Xavi. Hujumga Messi va Inestadan tashqari, "Barselona"da o'ynamagan bo'lsa-da, Krishtianu Ronalduni qo'yaman", - dedi Pedri.

Ushbu mavsumda "Barselona"ning 19 yoshli futbolchisi barcha turnirlarda 18 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia